Muhammad
Muhammad (arab. مُحَمَّد; 570–632-yillar) – arab diniy, ijtimoiy va siyosiy yetakchisi hamda islom dinining asoschisi. Islom taʼlimotiga koʻra, u paygʻambar boʻlib, Odam ato, Ibrohim, Muso, Iso va boshqa paygʻambarlarning tavhid taʼlimotlarini targʻib qilish va tasdiqlash uchun yuborilgan.
Muhammad | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
- Alloh har bir ishda muloyimlikni yaxshi koʻradi[1].
- Alloh takabburlarni sevmaydi[1].
- Alloh taolo nazdida toʻgʻri soʻzdan koʻra yaxshi sadaqa yoʻq[1].
- Alloh gʻam-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni doʻst tutadi[1].
- Alloh gʻayratli odamni yaxshi koʻradi[1]
- Avvalo olim boʻl! Loaqal taʼlim oluvchi yoki tinglovchi, ilm-u ulamolarni sevuvchi boʻlgin[1].
- Avvalo onangga yaxshilik qil, yana onangga, yana onangga yaxshilik qil, soʻngra otangga yaxshilik qil![1]
- Beshikdan qabrgacha bilim ista[1].
- Bir-biringiz bilan salomlashib yuringlar, shunda oʻrtalaringda mehr-u muhabbat uygʻonur[1]
- Biror kasb-u hunar orqasidan rizq-u nasibaga ega boʻlib yashayotgan odam, shu kasbini oʻzgartirmasun[1].
- Birovning ota-onasini soʻkkan odam oʻz ota-onasini haqorat qilgan boʻladi[1].
- Bir soatgina ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir[1].
- Bu dunyoda bemaʼni gaplarni koʻp gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni koʻp boʻladi[1].
- Faqat uch amalgina inson bilan oxirat manziliga hamroh boʻlib boradi. Birinchisi joriy sadaqa deyiladi va masjid qurish va xonaqoh, madrasa solish, mevali daraxt ekish, quduq qazish va koʻprik solishdan iborat. Ikkinchisi xalqqa naf keltiradigan ishlar qilish. Uchinchisi solih farzand tarbiya qilish[1].
- Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi[1].
- Halol rizq istash har bir musulmon uchun vojibdur[1]
- Hamma ishlaringizda toʻgʻri boʻling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli boʻlsin[1].
- Harom bilan oʻsib ungan har bir tan doʻzaxga loyiqdir[1].
- Hayo bilan kamsuxanlik imonning ikki boʻlagidir[1]
- Hayo imondandir, hayo doimo yaxshilik keltiradi[1].
- Hayoli kishi imonlidur, imonlilar jannatiydir[1].
- Kasbning eng yaxshisi kishining oʻz qoʻli bilan bajarilgan ishi va halol savodidir[1]
- Kimiki odamlar orasini buzib yuruvchi boʻlsa, u ham ahli islomdan emas[1].
- Kimiki koʻzi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan boʻlsa, uning jannatga kirishi muqarrardir[1].
- Kimiki shoshilmay, sabr, qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi toʻgʻri chiqadi[1].
- Kimiki oʻz jahl-u gʻazabini qaytarsa, Alloh taolo undan oʻz azobini qaytaradi[1].
- Kimki gʻayridinni haqorat qilsa, qiyomat kuni oʻtdan yasalgan qamchi bilan uriladi[1].
- Kishidagi eng yomon xislat oʻta baxillikdir[1]
- Kishining bemaʼni gaplardan tilini tiyishi – uning musulmonligi naqadar chiroyli ekanligidan darak beradi[1].
- Kishining saxovati uning dinidir. Muruvvati aqli, nasabi esa xulqidir[1].
- Mehmondoʻst boʻlmagan odamdan yaxshilik kutilmaydi[1].
- Munofiqlikning belgisi uchtadir: yolgʻon soʻzlash, vaʼdasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish[1].
- Musulmoni komil boʻlishingiz uchun bir-biringizga muhabbat qoʻyishingiz shart. Oʻrtalaringizda muhabbat paydo boʻlishligʻ uchun salomni oshkoro beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguchidir, yaʼni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi[1].
- Musulmon odamning eng yaxshisi xushxulqlisidur[1]
- Moʻmin kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi[1].
- Moʻmin kishida quyidagi ikki xislat boʻlmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik[1].
- Moʻmin kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham afzaldir[1].
- Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi[1].
- Odamlarga keng qalbli boʻlinglar[1].
- Odamlarga taom yediringlar va shirinsoʻz boʻlinglar[1].
- Odamlarning eng yomoni oʻz ahli ayoliga baxillik va qizgʻonchiqlik qiladiganidir[1].
- Odamlar orasida chaqimchilik va boʻhton gaplarni tarqatishdan saqlaning[1].
- Omonatga xiyonat qiluvchida iymon yoʻq, ahdida turmaydiganlarda diyonat yoʻq[1].
- Otaga itoat – Allohga itoat qilishdir[1].
- Qaysi bir olimning ilmidan soʻralganda qizgʻonib gapirib bermasa, qiyomatda ogʻziga oʻtdan tizgin solib qoʻyiladi[1].
- Qiyomat kunidagi odamlarning yomoni – behayoligi sababli nazardan chetda qoldirilgan odamdir[1].
- Qozining pora olishi dinsizlikdir[1].
- Qoʻshni bilan yaxshi aloqada boʻlinglar[1].
- Qoʻshni bilan yaxshi munosabatda boʻlinglar[1].
- Rostgoʻylikda xavf-u xatar koʻrsanglar ham, rost soʻzlanglar[1].
- Sabr-bardosh – Allohdan, shoshqaloqlik shaytondan[1].
- Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi[1].
- Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm oʻrganib, soʻng boshqa musulmon birodarlariga ham oʻrgatishidir[1].
- Safar qilinglar – sogʻlom va nasibali boʻlasizlar[1].
- Saxiy kishining taomi shifodir[1].
- Saxiylik bamisoli jannatning daraxtlaridan biridir. Uning shoxlari dunyoga osilib turadi. Kimiki shoxlaridan birini tutib olsa, u jannatga boshdab boradi[1].
- Soʻzda sehr bor, sheʼrda hikmat[1].
- Vaʼdaga vafodorlik iymondandir[1].
- Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi[1].
Oʻ
tahrirlash- Oʻz haqqini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan odamning oʻlimi yaxshi oʻlimdir[1].
- Oʻzing ham, moling ham otangnikidir[1].
Gʻ
tahrirlashU haqida
tahrirlashButun dunyo islomni toʻliq qabul qiladi. Kun keladi, Gʻarb islom dinini qabul qiladi, chunki asrlar oʻtdi. Gʻarb esa Islom haqidagi ertaklarga toʻla kitoblarni oʻqidi. Muhammad haqida kitob yozdim, lekin u ingliz anʼanalaridan tashqariga chiqqani uchun musodara qilindi. Men Muhammadning dinini yuksak darajada hayotiyligi tufayli doimo qadrlaganman. Bu, menimcha, mavjudlikning oʻzgaruvchan bosqichiga mos ravishda assimilyatsiya qilish kuchiga ega boʻlgan va har bir asrga oʻzini jalb qila oladigan yagona dindir. Men uni oʻrgandim va mening fikrimcha, uni Insoniyatning Najotkori deb atash kerak. Men ishonamanki, agar unga oʻxshagan odam zamonaviy dunyoning boshqaruvini oʻz zimmasiga olsa, uning muammolarini unga tinchlik va baxt keltiradigan tarzda hal qilishda muvaffaqiyat qozonadi. Men Muhammadning iymonini, bugungidek, ertaga ham Yevropaga maʼqul boʻlishini bashorat qilgandim. — The Genuine Islam, Vol. 1, No. 8, 1936. | |
— George Bernard Shaw |
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 1,55 1,56 1,57 1,58 1,59 1,60 1,61 1,62 1,63 1,64 1,65 1,66 1,67 1,68 1,69 1,70 1,71 1,72 1,73 1,74 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.