Ilm (arab. علم‎‎ – bilim, fan, nazariya) – islomga tegishli atama. Qurʼonda qariyb 750 marta ilm soʻzi ishlatilgan.

Ilm
Lua xatosi in Modul:Wikidata at line 249: attempt to index global 'WDS' (a nil value).
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari


Iqtiboslar

tahrirlash
  •  

Amalsiz ilm — mevasiz yogʻoch.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Fazilatga faqat ilmi sharafi bor odam loyiq.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Ilm va odob tagi yo‘q xazina. Kimki unga ega bo‘lsa, qadr-u qiymati biland bo‘ladi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Ilm o‘rganishdan uyalgan va takabburlik ko‘chasiga kirib qolgan kishilar hech qachon ilmga ega boʻla olmaydilar. Ey o‘g‘il, sen ilm o‘rganishdan uyalma! Nodonlik yomon xislat!

  Ibn Miskavayhning „Jovidoni xirad“ asaridan[3]
  •  

Odamlar sendan o‘rganmasa, sen odamlardan o‘rgan. Ilm shunday narsaki, butun kuch sarf etilmasa, qo‘lga kirmaydi.

  Otalar soʻzi[2]

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 12.
  2. 2,0 2,1 2,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 16.
  3. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.