Hunar
Hunar — muayyan koʻnikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashgʻulot; kasb.
Hunar | |
Vikipediya maqolasi | |
Vikilugʻatdagi maʼnolari |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Ey o‘g‘il! Bu nasihatlarga quloq sol, kasbu hunar o‘rganishdan or qilma, mehnat qilishni o‘rgan. Yurt va elning rivoji ham hunarga bog‘liq. Eng halol va eng yoqimli yemish va kiyish hunardan hosil bo‘ladi. Hunar — yashirin xazina. Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsang ham, hunardan hech qachon ajralmaysan. Hunar sening doimiy hamrohing, madadkoringdir. | |
— Muhammad Javhar Zamindor[1] |
Har kim anjir sotib, qorni bo‘lsa to‘q, | |
— Otalar soʻzi[2] |
Har kimning zari bo‘lmasa-da, ammo hunari bo‘lsa dunyoda hech bir xavf-xatari bo‘lmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog‘i kerak. Hunarsiz kishi quruq savlatdir. Quruq savlat qotib turgan suratga o‘xshaydi. Sen suratga boq, u odamga o‘xshasa-da, joni bo‘lmaydi. Daraxt shoxi mevasiz bo‘lsa, kiyikning shoxlaridan nima farqi bor. Qalam garchi cho‘p bo‘lsa-da, ilmu hunarni oshkor qilgani uchun azizdir. Oyna esa go‘zallar yuzi tufayli qo‘lda yuradi. Sen Abu Jahl tarvuzini ko‘r, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir. Ammo achchiq bo‘lgani uchun qiymati yo‘q. | |
— Muhammad Javhar Zamindor[1] |
Hunarni qadrlamagan och qoladi. | |
— Otalar soʻzi[2] |
— Otalar soʻzi[2] |
— Otalar soʻzi[2] |
Ota yoki bobongning nasl-u nasabi bilan emas, balki o‘z mehnating va hunaring bilan keril! | |
— Otalar soʻzi[3] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 22.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 33.
Adabiyotlar
tahrirlash- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.