Olim
Olim (ilm soʻzidan) atamasi bilan keng maʼnoda tizimli ravishda bilim yigʻuvchi shaxs nomlanadi. Ayollar uchun olima soʻzi ishlatiladi. Tor maʼnoda esa olim, deb ilmiy uslubdan foydalanuvchi shaxsga aytiladi. Olim fanning bir yoki bir necha sohasida mutaxassis boʻlishi mumkin. Ushbu maqolada atamaning tor maʼnoda qoʻllanishi yoritiladi. Olimlar tabiatni fizik, matematik va ijtimoiy jihatlardan chuqurroq tushunish uchun tadqiqotlar olib borishadi.
Olim | |
Vikipediya maqolasi | |
Vikilugʻatdagi maʼnolari | |
Wikimedia Commonsdagi media fayllari | |
Wikinewsdagi yangiliklar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlashHaqiqiy olim shunday kishiki, uning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Olim ko‘r bo‘lsa ham dunyoni ko‘radi. Johil sog‘ bo‘lsa ham uzoqni ko‘rmaydi. Odamning eng yomoni nodon bo‘lib, foyda keltirmaganidir. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Olimlar bilan o‘tirsang foyda olasan, chunki gul yonida o‘tirgan odamga gul hidi urib qoladi. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Olimning yomonligi kemaning sinishiga o‘xshaydi. Chunki kema sinsa ham o‘zi cho‘kadi, ham o‘zgalarni cho‘ktiradi. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Olim qachonki o‘zining barcha his-ehtiroslarining ustidan hokim bo‘lolsa, shundagina uni olim deyish mumkin. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Oʻ
tahrirlash— Otalar soʻzi[1] |
Adabiyotlar
tahrirlash- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.