Yaxshilik
Yaxshilik – 1) yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik; 2) ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini koʻzlab ish tutish, biror manfaat yetkazish; mehribonlik; xayrli ish, ezgulik.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Biror kimsaga katta yaxshilik qilgan boʻlsang, uni kichik deb bil, birov senga yaxshilik qilgan boʻlsa, uni katta deb bil! | |
— Otalar soʻzi[1] |
Hakimlar aytmishlar: „Yaxshilikni asosi uch narsada: birinchi, barchaga nisbatan riyosiz kamtarlikda, ikkinchi, minnatsiz saxovatda, uchinchi, haq talab qilinmaydigan xizmatda. Odamlar toʻrt narsani qidirmaslikka ilojsizdirlar: birinchi, yaxshilik va yomonlikni ajratishga yordam beradigan ilmni, ikkinchi, tirikchilik oʻtkazishga kerak boʻladigan asbob-anjomlarni, uchinchi, kayfiyatni yaxshi tutadigan vositalarni, toʻrtinchi, odamlar bilan murosani[2]. | |
— Abulbarakot Qodiriy |
Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda boʻlmaydi. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Inson yaxshilikning qulidir. | |
— Otalar soʻzi[4] |
Mol-dunyo tugaydi, ammo yaxshi ishlar abadiy qoladi. | |
— Otalar soʻzi[5] |
Qadimda ezgu ishlarni ko‘p qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda. | |
— Umar ibn Horis[6] |
Yaxshiligi koʻp odamning doʻstlari serob boʻladi. | |
— Otalar soʻzi[4] |
Yaxshiligi yoʻq odam yolgʻizlikda jon beradi. | |
— Otalar soʻzi[7] |
Yaxshilikni koʻp qilgan kishining pushaymonligi kam boʻladi. | |
— Otalar soʻzi[8] |
Yaxshilik yomonlikni kuydiruvchi olov. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Yaxshilik yoʻlida chekilgan mehnat yerda qolmaydi. | |
— Otalar soʻzi[9] |
Yaxshi odam oʻzini ham ranjitmaydi, oʻzgani ham xafa qilmaydi. | |
— Otalar soʻzi[9] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 107.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 104.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 206.
- ↑ 4,0 4,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 108.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 200.
- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 106.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 209.
- ↑ 9,0 9,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 105.
Adabiyotlar
tahrirlash- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.