Kitob
Kitob — axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot.
Kitob | |
---|---|
![]() | |
Qardosh loyihalar | |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Bitta kitob yozish uchun kutubxonaning yarimini oʻqish kerak. | |
— Samuel Johnson |
Bugungi haqiqiy universitet kutubxonadir. | |
— T. Carlyle |
Darsliklar ilmiy taraqqiyotning gʻanimidir va tobora dushmanga aylanmoqda. | |
— Yalçın Küçük |
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yoʻqdir. Kitob fasohat, balogʻatda, latofatda tengi yoʻq, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolgʻizlikda va gʻamli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, soʻzlarida yolgʻon va xato boʻlmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U oʻz doʻstining dilini ogʻritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan gʻiybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek doʻst ichida barcha ilm-u hilm mujassamdirki, u kishilarni oʻtmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: „Kitob aql qalʼasidir“, deganlar. | |
— Muhammad Jabalrudiy[1] |
— Herbert Spencer |
Kitob aqlning dorisidir. | |
— Ovidius |
Kitob bizning ichimizdagi muzlagan dengizga otilgan bolta. | |
— Franz Kafka |
Kitob insondan hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga yetkizadi. | |
— Otalar soʻzi[2] |
— Saʼdiy Sheroziy |
Kitoblar — bu qalbning oziqidir. | |
— Yapon maqollari |
— Otalar soʻzi[2] |
Kitob yolgʻizlikdagi eng munis hamdamdir. | |
— Otalar soʻzi[2] |
Kitob oʻqishning taʼmini biladiganlar, oʻqish dengiz suvini ichish bilan oʻxshashligini bilishadi. Ichganingizda jim boʻlasiz, qancha ichsangiz ham suvsaysiz va yana ichasiz. |
Kitob oʻtmishdan ham, kelajakdan ham xabar beruvchidir. | |
— Otalar soʻzi[2] |
Kutubxonalar ongni davolash joyidir. | |
— D. Scilus |
Kutubxona ruxning dorisidir. | |
— Yapon maqollari |
Yangi kitobni birinchi marta oʻqishdan koʻra oʻqigan kitobni qayta oʻqish foydalidir. | |
— Lord Dudley |
Yaxshi kitoblar eng haqiqiy doʻstlarimizdir. | |
— Francis Bacon |
Yovvoyi xalqlardan tashqari har bir mamlakatni kitoblar boshqaradi. | |
— Voltaire |
Manbalar
tahrirlash- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
- ↑ Tursun 2006, s. 8.
Adabiyotlar
tahrirlash- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.