Muvaffaqiyat — biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, gʻalaba.

Muvaffaqiyat
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari



  •  

Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi.

  — Brayan Treysi
  •  

Buyuk muvaffaqiyatlar qatʼiyat va qunt-matonatning natijasi, xolos.

  — Semyuel Jonson
  •  

Eng muhimi — muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati shu. Ajoyib-g‘aroyib g‘oyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shug‘ullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak.

  — Nolan Bushnell
  •  

Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz ko‘z oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz ko‘zdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi.

  — Bernard Shou
  •  

Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yo‘qlaydi.

  — Javoharlaʼl Neru
  •  

Muvaffaqiyat uchun reja tuzmayotgan boʻlsangiz, unda, shubhasiz, muvaffaqiyatsizlikni rejalayotgan boʻlasiz.

  — Rouz Toun[1]
  •  

Muvaffaqiyatga erishishning asosiy kaliti diqqatni jamlashdir. Energiyani bir nuqtaga jamlash va oʻngga ham, chapga ham ogʻishmay shu nuqtaga eʼtibor qaratish zarur.

  — Uilyam Masyus[2]
  •  

Odam mashg‘ulot zallarida chempion bo‘lmaydi. Chempion bo‘lish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va o‘z g‘alabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi.

  — Muhammad Ali
  •  

Yotgan joyida muvaffaqiyatga erishadigan birgina jonzot bor — tovuq.

  — Xalq iborasi[1]
  •  

Oʻz ishidan nafratlangan biror insonning muvaffaqiyatga erishganini koʻrganmisiz, taniysizmi? Men tanimayman. Muvaffaqiyat sirlaridan biri — qilayotgan ish bilan sevgan narsalaringiz orasidagi mustahkam bogʻliqlikni shakllantirishdir.

  — Antoniy Robbins[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  2. Brayan Treysi. Samaradorlikning 21 yoʻli. Toshkent: Asaxiy books, 2020 — 92-bet.