Qanoat
Qanoat (arab. قناعت) — qismatga rozi bo‘lish, taqdir etilgan narsalarga mamnun bo‘lish, jizzaki va shoshqaloq bo‘lmaslik, qo‘lidagiga rozi bo‘lish, o‘zgalarning moliga va haqiga ko‘z olaytirmaslik, yeyish, kiyinish va maskan ehtiyojini zarurat chegarasida saqlash, isrofga yo‘l qo‘ymaslik, tejamkorlikka rioya qilish, ochko‘z bo‘lmaslik.
Qanoat | |
Vikipediya maqolasi | |
Vikilugʻatdagi maʼnolari |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Boy boʻlishni istasang — qanoatli boʻl. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Dono kishilar: „Qanoat tuganmas boylikdir, qanoatli kishi hech qachon kambagʻal boʻlmaydi, chunki uni hech kimga ishi tushmaydi. Qanoatsiz kishi esa gadoyga oʻxshaydi, uning hamma narsasi boʻlsa ham koʻzi tuymaydi, koʻproq topishga intiladi, narsa uchun odamlar oldida bosh egadi“, — deydilar | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[2] |
Ikki toifa odam boʻladi: biri topganiga qanoat qilmay qidirishda boʻladi, ikkinchisi esa topolmaydi, biroq qidirishda boʻladi. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Ozga qanoat qilmagan koʻpga yetmaydi. | |
— Otalar soʻzi[4] |
Qanoatli kishi och va yalangʻoch boʻlsa ham boydir. Dono boʻlsa ham amirdur. | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[2] |
Qanoatli kishi qiyinchilikka, vijdonli kishi bechoralik kuyiga tushmaydi. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Qanoatli qul ozod, ozod tamagir esa quldir. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Qanoatning yana bir koʻrinishi yeyish-ichishda bilinadi. Ozgina ovqat yeyishga qanoat qilgan kishi kam kasal boʻladi. | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[2] |
Tinch yashay desang, qoʻlingda boriga qanoat qil. | |
— Otalar soʻzi[5] |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[2] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 199.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 141.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 171.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 163.