Soʻz
Soʻz – tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi.
Soʻz | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Aqlli odamning soʻzi jonga oziq, | |
— Otalar soʻzi[1] |
— Otalar soʻzi[2] |
Azizim, tinchlik tarafdori boʻlgan til bir ogʻiz soʻz bilan yuzlab mushkul tugunni yecha oladi, bemahal yeyilgan fitna qoʻzgʻatuvchi soʻz esa soʻzlovchining boʻynini sirtmoqqa tushiradi. Chunonchi aytadilar: | |
— Xoja Samandar Termiziy |
Azizim, oʻylab aytilmagan soʻz hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga oʻxshaydi. Sen soʻz aytishdan avval yaxshilab oʻyla, fikr boyligini imtihon mahali bilan sina, qaysi soʻz tekshiruvdan yaxshi oʻtsa oʻshani tilga keltir! | |
— Xoja Samandar Termiziy |
Har bir kishining soʻzi aqliga yarasha boʻladi. | |
— Otalar soʻzi[5] |
Har bir soʻzning oʻz oʻrni bor, har bir ishning oʻz mavridi. | |
— Otalar soʻzi[5] |
Ikki narsa foydasiz: hikmatsiz soʻz va tafakkursiz sukut. | |
— Otalar soʻzi[6] |
— Otalar soʻzi[1] |
— Otalar soʻzi[7] |
— Otalar soʻzi[8] |
Odamning aqli soʻzidan bilinadi. | |
— Otalar soʻzi[2] |
Sidqu safo tula „Guliston“ aro, | |
— Xoja Samandar Termiziy |
— Hasan al-Basriy |
Soʻz aqlning tarozusidur. | |
— Otalar soʻzi[11] |
Soʻz aql oʻlchovidir. | |
— Otalar soʻzi[11] |
Soʻz borki, togʻga koʻtaradi, soʻz borki, gʻorga itaradi. | |
— Otalar soʻzi[11] |
Soʻzda kerak maʼnoyu maʼnida zavq, | |
— Haydar Xorazmiy |
Soʻziga boqma, koʻziga boq, | |
— Otalar soʻzi[6] |
Soʻz kishining yuragidan darak beradi. | |
— Otalar soʻzi[13] |
Soʻzlovchi kishi badxulq boʻlsa-da, baʻzan uning soʻzlariga diqqat qil, goho yomon ogʻizdan ham yaxshi soʻz chiqib qoladi. | |
— Otalar soʻzi[14] |
Soʻzning aytuvchisiga qarama, aytgan soʻziga qara. | |
— Otalar soʻzi[14] |
Til keskir qilich, soʻz esa qaytarib boʻlmas oʻqdir. | |
— Otalar soʻzi[5] |
Oʻ
tahrirlashOʻz yerida aytilmagan soʻz hech kim yoʻq yerda chalingan kuyga oʻxshaydi. | |
— Otalar soʻzi[5] |
Sh
tahrirlashShirin soʻz odamlarning qalbini bogʻlovchi zanjirdir. | |
— Otalar soʻzi[15] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 116.
- ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 186.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 203.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 122.
- ↑ 6,0 6,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 112.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 208.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 202.
- ↑ Tursun 2006, s. 33.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 113.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 111.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 118.
- ↑ 14,0 14,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 111.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 95.
Adabiyotlar
tahrirlash- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.