Gʻazab — kuchli darajada achchiqlanish hissi; qahr, jahl.

Gʻazab
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari



  •  

Ahmoq gʻazablansa, shayton unga akalik qiladi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Aqldan barcha ish yaxshi boʻladi,
To gʻazab kelmasa aql barqaror.
Bu hikmatni oqil yaxshi biladi,
Gʻazab kelsa aql boʻladi nochor![2]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Aqllilik ikki narsadan iborat: gʻazab kelganda oʻzini bosishdan va birovdan kuchli boʻlganda uni kechirishdan.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Azizim, badjahl kishilar bilan doʻst va hamsuhbat boʻlmaginki, ularning ahdi boʻsh va vafo binosi zaif boʻladi. Ular muruvvat yuzini jafo tirnogʻi bilan tirnaydilar, mardonalik chashmasini nomardlik tuprogʻi bilan loyqalaydilar. Ularning nazarida doʻstlikning hurmatiyu, eski ulfatchilikning qadru-qiymati boʻlmaydi.
Bayt:
Xizmat haqin bilmaydigan kimsalarning xizmatin,
Qilma aslo koʻrmaysan na hurmatu, na maqtov![4]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Azizim, gʻazab otini sabot jilovi bilan qaysarlik yoʻlidan qaytar! Har qanday shubha zimistonini aql nuri bilan ravshan et! Shunda sen nadomat va pushaymonlik domiga mubtalo boʻlmaysan!
Birov gunoh qilsa, boʻlsang dargʻazab,
Jazo bermay turib uyla yaxshilab!
Badaxshon laʼlini sindirish oson,
Biroq asli kabi boʻlmaydi yamab.
Qilinmagan ishni qilsa boʻladi,
Qilgach, nadomatdan sud yoʻq, ne ajab![2]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Azizim, gʻazab shaytoniy olovning shu’lasidir. U shunday bir daraxtki, mevasi pushaymonlikdan iborat. Shuning uchun tajribali kishilar gʻazab otashini soʻndirishga uringanlar, jahl luqmasini esa ichlariga yutishga harakat qilganlar![5]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Eng kuchli kishi shunday kishiki, gʻazab kelganda uni bosa oladi, oʻz nafsini esa toʻgʻri yoʻlga boshlay oladi.
Sheʼr:
Kuchligu ham sher yurak odamni sen mard dema,
Gʻazab kelsa gʻazabin bosa olgan mard erur![2].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Javobning yumshogʻi gʻazabni soʻndiradi, soʻzning qattigʻi odamni oʻldiradi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Serjahl boshda aql bo‘lmaydi.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Gʻazab shunday bir olovki, u oʻz sohibini yondiradi.

  Otalar soʻzi[5]

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 67.
  2. 2,0 2,1 2,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 207.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 62.
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 46.
  5. 5,0 5,1 5,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 208.
  6. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 59.

Adabiyotlar

tahrirlash