George Bernard Shaw
George Bernard Shaw (26 iyul, 1856 – 2 noyabr, 1950) irland dramaturgi boʻlgan; 1925 yili Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti olgan.

IqtiboslarTahrirlash
- Mening mutaxassisligim boshqalar nohaq boʻlganda haq boʻlishdir.
- Faqat bitta din bor, uning yuzlab versiyalari boʻlgani bilan.
- Muqaddas Kitobda "ma'naviyat" soʻzini uchratsak, unda "telefon" yoki "avtomobil" soʻzlarini uchratganimizdek hayratda qolardik.
- Istagim bor ekanki, yashashimga sabab bor. Qoniqish oʻlimdir.
- Barcha buyuk haqiqatlar kufr oʻlaroq boshlanadi.
- Odamzotdan vatanparvarlikni olib tashlamas ekansiz, hech qachon tinch dunyoga erisha olmaysiz.
- Qotillik senzuraning ekstremal shaklidir.
- Pyesa sifati undagi gʻoayalar sifatidir.
- Hayvonlar mening doʻstlarimdir... Va men doʻstlarimni yemayman.
- Optimistlar ham, pessimistlar ham jamiyatga foyda keltiradilar. Optimist uchoq ixtiro etsa, pessimist parashut oʻylab topadi.
- Agar sizda bir olma va menda bir olma boʻlib, olmalarimizni almashsak, ikkalamizda hali ham bittadan olma boʻladi. Biroq agar sizda va menda bittadan gʻoya boʻlib, ularni almashsak, ikkalamizda ikkitadan gʻoya boʻladi.
- Islom eng yaxshi dindir, lekin u eng yomon dindorlarga ega.