Suhbat – 1) ikki va undan ortiq kishi oʻrtasidagi oʻzaro soʻzlashuv; musohaba; gurung; 2) biror mavzuda eshituvchilar bilan fikr almashinuv, savol-javob tariqasida oʻtkaziladigan mashgʻulot; muloqot.

Suhbat
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari



  •  

Azizim, johil va noahil kishilar suhbatidan qoch, oqil va komil kishilar suhbatiga intilginki, fisq-u fujur ahlining suhbati bir kuni oʻzingga ziyon keltiruvchi ilon suhbatiga oʻxshaydi. Aqlli kishilarning xizmatini qilish foydadan xoli boʻlmagan attor doʻkoniga oʻxshaydiki, attorning doʻkoni hamisha kishilarning dimogʻini oʻz hidi bilan bahramand etadi.
Bayt:
Attor kabi boʻlgin, chunonchi attor,
Oʻzgalar dibosini qilar muattar![1]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Odob ahli bilan hamsuhbat boʻlish — gullar hidini ufurayotgan tong nasimidan ham shirin.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Yaxshilarning suhbati bandani Allohga yaqin qilur

  — Abdul Abbos[3]
  •  

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq.

  Pahlavon Mahmud[4]

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 37.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 191.
  3. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 64.

Adabiyotlar

tahrirlash