Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) — tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir. Oʻlimga olib keluvchi fenomenlar sirasiga keksayish, yirtqichlik, ochlik, kasallik, xudkushlik, qotillik, baxtsiz hodisa, jarohat kabilar kiradi.

Oʻlim

Qardosh loyihalar



  •  

Allohdan eng yaxshi tilak — Uning fazli va rahmatidan umidvorlik va oʻlim eshik qoqqanida tayyor turish[1].

  Xoris Muhosibiy
  •  

Bugun vafot etmoq — qoʻrqinchli, qachondir esa — hech nima emas[manba kerak].

  Vladimir Dal
  •  

Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. Oʻlim musulmon uchun sovgʻadir[2].

  Abdulloh ibn Masʼud
  •  

Hamma oʻladi. Lekin hamma ham yashamaydi[manba kerak].

  William Wallace, Sheryurak
  •  

Kimki oʻlimni koʻp eslasa, uch narsada ulugʻ boʻladi: tavbani tez qilishda, rizqiga qanoat qilishda, ibodatda gʻayratli boʻlishda. Endi kimki oʻlimni esdan chiqarsa, uch narsada orqada qoladi: tavbasini orqaga suradi, kun koʻrishga yetarli narsaga rozi boʻlmaydi, ibodatlarida yalqovlik qiladi[3].

  •  

Kishi uchun nogahoniy oʻlim ikki narsadan keladi: ortiqcha boylik uchun intilishdan va bemaʼni soʻzlarni koʻp gapirishdan.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Koʻzingizni hayotda kattaroq ochingki, oʻlayotib xotirjam yumasiz[5].

  Alouddin Bashar
  •  

Mening oʻlimimda mening hayotimni ayblashingizni soʻrayman[manba kerak].

  Gennadiy Malkin
  •  

Oʻlim yoʻlda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora[6].

  Jaloliddin Rumiy

Yana qarang

tahrirlash

Manbalar

tahrirlash
  1. Tursun 2006, s. 54.
  2. Tursun 2006, s. 71.
  3. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
  5. Tursun 2006, s. 75.
  6. Tursun 2006, s. 69.

Adabiyotlar

tahrirlash
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

tahrirlash


Falsafa
Borliq Voqelik
HayotOʻlim Boqiylik
YaxshilikYomonlik
Jon Oʻzlik
Bilish Fakt Nazariya Aksioma Gipoteza