Din
Din (arabcha: دين – „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) — jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.
Iqtiboslar
tahrirlash- Barcha dinlar, sanʼatlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. — Albert Einstein
- Barcha dinlar, oʻzlarining xudolari, paygʻambarlari, avliyo-anbiyolari bilan hali intellektual qudratlarini jilovlamagan va toʻliq rivojlantirmagan odamlarning xayolotlari va ishonuvchanliklariga asoslangandir. Mixail Bakunin
- Bedavo dindor, koʻpchilikning ruhiy holatini shunday taʼriflash mumkin. Thomas Edison
- Balki bugun oltin hayotning yagona boshqaruvchisiga aylangandir, biroq hali zamon keladiki, odamzot yana undan yuqori boʻlmish Xudoga sajda qiladi. Adolf Hitler
- Din, u hatto oʻzini sevgi dini, deb ham atasin, oʻziga oid boʻlmaganlarga beayov va nafratli munosabatda boʻlishi turgan gap. Sigmund Freud
- Din avomni jim saqlash uchun eng zoʻr narsadir. Napoleon Bonaparte
- Din ongni zaharlovchi viruslar ichida eng zararlisidir. Arthur C. Clarke
- Din qashshoqni boyni oʻldirishdan ushlab turuvchi narsadir. Napoleon Bonaparte
- Diniy azoblanish bir vaqtning oʻzida voqeʼiy azoblanish ifodasi va voqeʼiy azoblanishga boʻgan norozilikdir. Din ezilgan mavjudotning ohi, yuraksiz olam yuragi va ruhsiz holat ruhidir. U xalq afyunidir. Karl Marx
- Kishining oʻzini tutishi simpatiya, taʼlim va ijtimoiy aloqalarga asoslangan boʻlishi zarur; diniy asos muhim emas. Agar kishi oʻlimdan keyingi jazodan qoʻrqib yoki mukofotdan umidvor boʻlib, oʻzini tutib yursa, bu juda achinarlidir. Albert Einstein
- Uni kechiring, u shunchaki qabilasining odatlari tabiat qonunlaridir, deb ishonadi! George Bernard Shaw
- Men bizga his, ong va aql bergan Xudo ularni ishlatishni taqiqlaganiga ishonishni istamayman. Galileo Galilei
- Men hech qachon yagona haqiqiy Xudodan nafratlanmaganman, biroq odamlarning Xudosidan nafratlanaman. Marilyn Manson
- Men ratsionalizmni ateizmdan afzal koʻraman. Xudo va boshqa eʼtiqodga asoslangan obyektlar ongdan tashqaridadir va ratsionalizmda rol oʻynamaydilar, shuning uchun siz vaqtingizni himoya yo hujumga sarflab oʻtirmaysiz. Isaac Asimov
- Odam diniy hayvondir. U hayvonlar ichida yagona diniyidir. U hayvonlar orasida Haq Dinga — ulardan bir nechasiga ega yagona hayvondir. U hayvonlar ichra qoʻshnisini oʻzidek sevadigan va agar uning teologiyasi notoʻgʻri boʻlsa, uni boʻgʻizlaydigan yagona hayvondir. U qardoshlarining yoʻlini haq va baxtga yetaklashga harakat qilib, dunyoni mozoristonga aylantirgandir. Mark Twain