Az-Zamaxshariy (1075-yil 18-mart – 1144-yil 12-iyun) – forsiy olim.

Az-Zamaxshariy
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi[1].
  • Boshingizga mushkul ish va tashvish tushganida munis boʻlib, odamlarga mehr-muhabbat koʻrsatasiz. Ammo davlat-u neʼmatlarga erishganingizda bagʻritoshlikka moyil boʻlasiz[1].
  • Bu dunyo ibratli ishlar va pand-nasihatlarga toʻladir. Ayni vaqtda koʻz yoshlariga ham serob[1].
  • Haqiqat va adolat bilan toʻgʻri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor boʻlur[1].
  • Har qanday ishni boshlashdan avval Allohning roziligini oʻyla. Aks holda qilgan ishlaringning hammasi behuda boʻlib, zoe ketadi[1].
  • Hayot vaqtingda bergan inʼom-ehsonlaring, garchi ularni tuki yoʻq (qirchangʻi) boʻriga bergan boʻlsang-da, zoe ketmas. Qiyomat kunida bularning ajri senga boʻlur[1].
  • Kimki adovat-u xusumatni eksa, albatta u tashvish-u mashaqqat oʻradi[1].
  • Kimki baxt-iqbolli, solih kishilarning etagini tutsa, u albatta murodiga erishib, xayr-u baraka topadi[1].
  • Kimki oʻz nafsi-balosiyu orzu-havasi domiga tushib qolsa, u beshak oʻzini-oʻzi chuqur qaʼriga tashlagani muqarrar[1].
  • Kimning himmati-yu muruvvati qanchalik koʻp boʻlsa, shunga yarasha odamlar uning qaygʻusiga sherik boʻlarlar, hamdardlik bildirarlar[1].
  • Koʻpincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan ogʻirroqdir[1].
  • Koʻpincha yoki baʼzan Hasan al-Basriyga oʻxshash buyuklarni Xajjoj zolimga oʻxshashlar tugʻadilar, goʻyo shoʻr dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi[1].
  • Koʻp ortiqcha soʻzlashuv eshituvchini ranjitadi[1].
  • Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisdir, ularning ichidagi eng yalqovi pastkashdir[1].
  • Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir. Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir[1].
  • Pastkash kimsaning oʻz nasl-nasabini maqtab, u bilan faxrlanishi chanqoq kishining suv shu’lasi (sarob)ni koʻrib aldangani kabidir[1].
  • Pora faqat nohaqligu zolimlarga yordam berguvchidir[1].
  • Qabohatli suvrat, chirkin yuzning va yomon chehraning orqasida yaramas xulqdan boshqa narsa yoʻqdir[1].
  • Quyosh nurlarini berkitib boʻlmaganidek, haqiqatning chirogʻini ham soʻndirib boʻlmaydi[1].
  • Qoʻrquvga mubtalo boʻlgan kishi faqat qochishdan najot izlaydi[1].
  • Riyo bor har qanday ishda ravolig-u ziyo yoʻqdir[1].
  • Sen zalolat toʻlqiniga oʻzingni urib suzsang, seni faqat koʻp toat-ibodat va tasbehlar qutqaradi[1].
  • Takabburlikni qanchalik xursandlig-u shodlikka tomon aylantirishga urinsang ham, asli loy boʻlganidan keyin kulol singari, yaʼni tuproqqa (loy ishlariga) qaytishi muqarrar[1].
  • Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehribonlik, mushfiqlik onangdandir[1].
  • Tilingdan chiqqan sadaqang (yaʼni, pand-u nasihating va maʼviza-yu hasanang) baʼzan qoʻlingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir[1].
  • Tun-u kunni oʻtkazaman-u, ammo bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq boʻlmayotir. Chunki zamona kundan-kunga halokat tomon bormoqda. Shunday ekan, kechagi kun bugungidan aʼloroq, bugungisi esa ertangidan yaxshiroqdir[1].
  • Togʻ tepasidagi qoyalarni koʻchirish minnat eshitish yuklariga nisbatan yengilroqdir[1].
  • Toʻgʻri va haq yoʻldan yurgan kishining qadam bosishi arslon yurishidan ham mahobatliroq haybatliroqdir[1].
  • Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor boʻlganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi[1].
  • Xuddi qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani kabi oliyjanob va himmatli odamning goʻshtini hasad ahli yeydi[1].
  • Oʻlim qanchadan-qancha takabbur odamlarning boshlarini chuqurga, yaʼni qabrga uloqtirgan[1].
  • Oʻtkir qilichning boshga tushadigan zarbasi baʼzi nodonlarning hukmi ostida muteʼ-itoatda boʻlib yurishdan afzaldir[1].
  • Oʻzi sazovor boʻlmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir[1].
  • Oʻz nafsingga hokim boʻlmasang, uni oʻz hukmingda tutasan. Aks holda undan gʻolib chiqib, ushlab tura olmaysan[1].
  • Oʻz vaʼdasida turmaganda turli-tuman vaj-karsonlar koʻrsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson boʻlolmaydi[1].
  • Oʻz vaqtidan kechikib berilgan inʼom-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq boʻgʻuvchidir[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.