Vijdon
Vijdon — axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xatti-harakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash.
Iqtiboslar
tahrirlashAmal qoʻldan ketsa, keyinroq yana topish mumkin, ammo vijdon odamga bir donagina berilgan. U qoʻldan ketsa, qaytarib boʻlmaydi. | |
— Tohir Malik, “Alvido bolalik” asaridan |
Vijdon odamni ko‘p hollarda tang ahvolga soladi, vijdonsizlik esa eng tang holatlarda ham xalos etadi. | |
— Xurshid Do‘stmuhammad |
Vijdonning ovozi shu qadar sokinki, uni boʻgʻish juda oson, biroq shu qadar aniqki, uni adashtirib boʻlmaydi[1]. |
Manba
tahrirlash- ↑ Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet.