Nasihat

yaxshi yoʻlga solish, taʼlim berish maqsadida aytilgan gap

Nasihat (arab. نصيحة‎‎ — samimiy maslahat, oʻgit; xayrixoxlik, samimiylik) — yaxshi yoʻlga solish, taʼlim berish maqsadida aytilgan gap; maslahat, pand, oʻgit.

Nasihat
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari



  •  

Ahmoqqa nasihat aylagan inson,
Shoʻr yerga urugʻni tashlagansimon!

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Aqlli odam shunday odamki, birovdan nasihat eshitish oʻrniga oʻzi ibrat koʻzi bilan boqib bilib olaveradi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Nasihatchining kaltagi yomon salomidan afzal.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Nasihatning yaxshisi shundayki, u odamni yomonlikdan uzoqlashtiradi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Nodonga nasihat qilsang, bir qulogʻidan kirib, ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Oʻrganishni istamagan kishiga nasihat qilma!

  Otalar soʻzi[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 149.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 60.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 150.
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 147.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 62.

Adabiyotlar

tahrirlash