Hasad (arab. حَسَد‎‎ — rashk; koʻrolmaslik, qizgʻanish) — kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni koʻrolmaslik, xush koʻrmaslik his-tuygʻusi.

Hasad
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari



  •  

Aybsiz odamni koʻrgan hasadchini jahli chiqadi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Badanning sozligi hasadning ozligidan.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Ey aziz farzand! Baxillik va hasad illatiga dilingda aslo joy bermaganki, hasad davlating uyini vayron qilsa, baxillik izzat chamanini payhon qiladi:
Kimki hasad oʻtin yoqsa jahonda,
Bu oʻt uning oʻzin quymas omonda![2]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Hasadchining moli oʻziga nasib etmaydi.

  Otalar soʻzi[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 164.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 163.

Adabiyotlar

tahrirlash