Til

maʼlumot almashish vositasi

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi.

Til
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari



Iqtiboslar

tahrirlash
  •  

Biror yerga borganda ezmalanib uzoq oʻtirmaslik va oʻtirishda esa faqat kerakli soʻzlarni gapirish odamning qadr-u qimmatini oshiradi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Ey tilim, jim yotgin, dilim tigʻlama,
Meni oʻtga yoqib, oʻzing yigʻlama!

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Har kim oʻz ogʻzining qorovuli boʻlsa, nafasi hech qachon boʻgʻilmaydi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Kishining fazilati tilidan bilinadi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Ming ogʻiz behuda soʻzdan bir luqma naqd taom yaxshi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Nobud boʻlmasin deb tilidan inson,
Ogʻiz boʻldi inson tiliga zindon.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Qoʻlingdan kelmagan narsani tilingga keltirma.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Til borki, bol keltiradi, til borki, balo keltiradi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Tilim tinch boʻlsa, dilimda oʻkinch boʻlmaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Til tezligidan qadam tezligi yaxshi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Til tinch boʻlsa, bosh salomat boʻladi.

  Otalar soʻzi[3]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 118.
  2. 2,0 2,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 119.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 113.
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 116.
  5. 5,0 5,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 111.

Adabiyotlar

tahrirlash