Nafs
Nafs – 1) yeyish-ichishga, mol-dunyoga boʻlgan ehtiros; 2) shahvoniy hirs.
Nafs | |
Vikipediya maqolasi | |
Vikilugʻatdagi maʼnolari | |
Wikimedia Commonsdagi media fayllari |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Eng aqlli kishi shunday kishiki, oʻz nafsiga hokimlik qila oladi. Tirikligida u shunday bir ish qiladiki, bu qilgan ishi oʻlgandan keyin ham uni tiriklar qatorida olib yuradi. Eng ahmoq odam shunday odamki, nafsi qayoqqa boshlasa, oʻsha yogʻga ketaveradi… Oʻlganimdan soʻng odamlar meni kechiradi, deb oʻylaydi. | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[1] |
Har kimning nafsi uni chegaradan chiqarib yuborsa, bu uning oʻlimidir | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[1] |
Kishining oʻz nafsidan qochishi sherdan qochgandan foydali. | |
— Otalar soʻzi[2] |
Nafsing uchun hech maxluq bilan xusumat qilmagin. | |
— Abu Ali ibn Dahhoq[3] |
Tinch boʻlay desang, nafsing xohishiga qarama-qarshi ish qil. | |
— Otalar soʻzi[4] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 159.
- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 223.