Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (tax. 584-yil – 644-yil) – dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634–644-yillar).

Umar
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Bir musulmonning ogʻzidan chiqqan soʻzni yomonga yoʻyma, sen u soʻzni yaxshilikka yoʻyishga harakat qil[1].
  • Birodaringdan sen oʻylagandek foyda kelishi uchun uning ishini yaxshilab oʻrinlatib qoʻy![1]
  • Biror kishini biron ishda senga itoatda Allohga gunohkor boʻlgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi oʻsha ishda sening Allohga itoat qilishingdek boʻlsa, bas, uni jazolamaysan[1].
  • Bizlar oʻnta halolning toʻqqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qoʻrqinchda tark qildik[1].
  • Boy boʻlamanmi yoki kambagʻal, menga baribir, negaki, men uchun qay biri yaxshi ekanligini bilmayman.
  • Eʼtiqodingizga koʻra yashamayotgan boʻlsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz[1].
  • Ey insonlar, ilm oʻrganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning oʻzi sevgan bir libos boʻlib, ilmning bir bobini oʻrgangan kishiga oʻsha libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)[1].
  • Eng johil inson oxiratini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir[1].
  • Hamma ishlar – niyatlarga yarasha.
  • Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi koʻrsatilgan. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting[1].
  • Hisob-kitob qilinmasdan oldin oʻzlaringni sarhisob qilib olinglar, tarozuda tortilmasdan oldin amallaringni tortib koʻringlar va hech bir amalingiz xufya qolmaydigan ulugʻ uchrashuvga tayyorlaninglar[1].
  • Mening ayblarimni koʻrsatgan kimsani Alloh marhamatiga olsin[1].
  • Sening najotingga xayrixoh boʻlmagan kishidan hojatingni soʻrama[1].
  • Sizning ustingizda namoz bor. Namoz islomning avvalidir va diningizdan yoʻqotadigan soʻnggi narsangiz ham namozdir[1].
  • Sukut – insonning eng harir libosidir[1].
  • Uchta ish sen haqingda doʻstingda yaxshi fikr hosil qiladi: uni salom bilan qarshi olishing, majlisda joy berishing, uni u yaxshi koʻradigan ismlar bilan chaqirishing[1].
  • Xotinlarga itoat etmang. Ularga qarshilik qilib turmasangiz, uydan baraka ketadi[1].
  • Oʻzingga doimo rost soʻzlarni ixtiyor qil, agar-da seni rostlik oʻldirsa ham[1].
  • Oʻzingga sodiq doʻstlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.