Dushman (forscha: دُشْمَن) — dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, oʻzaro gʻanim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri.

Dushman
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari


  •  

Dushmandan so‘ng bir kun bo‘lsa ham yashamoq maqsadga yetmoq bilan teng.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Dushmanga bo‘yin egish oʻlimdir.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Dushmanga qarshi hiyla ishlatmasang, dushman hiylasidan oʻlasan.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Dushmani ko‘pning rohati kam bo‘ladi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Dushman yuziga kulib boq.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Dushmanning ko‘pligi og‘ir xastalikdan ham xavfli.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Gohi kulib boqsa, gohi tund inson,
Undan uzoq yurgan ma’qul har qachon!

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Kimning do‘st va kimning dushmanligi og‘ir kunlarda bilinadi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Mingta odamni oʻzingga do‘st qilaman deb, bitta odamni dushmanga aylantirma, chunki doʻst mingta boʻlsa oz, dushman bitta boʻlsa koʻpdir.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Otangni dushmani senga hech vaqt do‘st bo‘lmaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Ziyon yetkazmaydigan dushman, yaxshilik qilmaydigan do‘stdan afzal.

  Otalar soʻzi[2]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 53.
  2. 2,0 2,1 2,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 52.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 127.

Adabiyotlar

tahrirlash