Maxzan al-ulum
Maxzan al-ulum (Ilmlar xazinasi) – Hindistonda tartib berilgan toʻplam boʻlib, u 1873-yili Kanpur, 1861, 1863-yillari Bombay va 1891-yili Istanbulda chop etilgan. Asarda fanning koʻplab sohalari boʻyicha yozilgan asarlardan parchalar berilgan. Katta qismini tabobatga oid lavhalar tashkil etadi. Bayoz forsiyda bitilgan.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Dono kishilar: „Qanoat tuganmas boylikdir, qanoatli kishi hech qachon kambagʻal boʻlmaydi, chunki uni hech kimga ishi tushmaydi. Qanoatsiz kishi esa gadoyga oʻxshaydi, uning hamma narsasi boʻlsa ham koʻzi tuymaydi, koʻproq topishga intiladi, narsa uchun odamlar oldida bosh egadi“, – deydilar[1].
- Eng aqlli kishi shunday kishiki, oʻz nafsiga hokimlik qila oladi. Tirikligida u shunday bir ish qiladiki, bu qilgan ishi oʻlgandan keyin ham uni tiriklar qatorida olib yuradi. Eng ahmoq odam shunday odamki, nafsi qayoqqa boshlasa, oʻsha yogʻga ketaveradi… Oʻlganimdan soʻng odamlar meni kechiradi, deb oʻylaydi[1].
- Hakimlarning aytishlaricha, har kim badavlatlik paytida doʻstlariga yordam qoʻlini choʻzmasa, bechoralik paytida hech kim unga ham qoʻlini choʻzmaydi. Soʻradilar: „Doʻst kim?“ Javob berdi: „Ogʻir kunlarda qoʻllagan kishi!“[1]
- Har kimning nafsi uni chegaradan chiqarib yuborsa, bu uning oʻlimidir[1].
- Har kim ozod boʻlib, sharmandalikdan xoli boʻlay desa, tamadan uzoq boʻlishi kerak[1].
- Kundan-kunga saodatli boʻlay desang, qanchalik dono boʻlmagin, baribir oʻzingni nodon deb tasavvur qil! Shunda koʻproq oʻqib, donoroq boʻlasan. Ilmni esa oʻz joyida sarf qil[1].
- Odamlarning oliyjanobi oʻziga nisbatan odamlarda muhabbat uygʻonishiga urinuvchi, odamlarning baxili esa oʻziga nisbatan doʻstlarida nafrat tugʻdiruvchi kishidir[1].
- Oz ovqatga qanoat qilmoqning fazilatlaridan biri shundaki, odamning ilm va hunarga boʻlgan intilishida dangasalik va hafsalasizlik qoplamaydi, oshqozon ovqatni hazm qilishdan ojiz boʻlmaydi, kishining sezgi aʼzolarining sezuvchanligi buzilmaydi[1].
- Qanoatli kishi och va yalangʻoch boʻlsa ham boydir. Dono boʻlsa ham amirdur[1].
- Qanoatning yana bir koʻrinishi yeyish-ichishda bilinadi. Ozgina ovqat yeyishga qanoat qilgan kishi kam kasal boʻladi[1].
- Qayerdaki odamning qadri boʻlmasa, soʻzlamay jim oʻtirgani maʼqul![1]
- Tamagir boʻlmaslik kerak. Kishining boshiga tamadan turli balolar keladi. Sal narsa uchun kishi gʻazablanmasligi kerak, chunki kishi uchun dunyoda gʻazabdan kuchliroq narsa yoʻq. Gʻazab kelgan paytda kishi oʻzining nima qilayotganini oʻzi bilmaydi. Odam kishilarni oʻz feʼliga moslashtirishga urinmasligi kerak. Balki odamlar qanday feʼlda boʻlsa oʻsha feʼlga moslashmoq kerak[1].
- Ulugʻ kishilarning yoqimli xislatlaridan biri qanoatdir. Qanoatli kishi hech qachon xor boʻlmaydi. Aksincha kishida qanoat boʻlmasa topgan-tutganiga sabr qilmay, koʻpiga intilsa oqibat xorlik tortadi[1].
- Yaqinlar suhbatini izlab, fisq-u fujur ahlidan qoch, sabr qil, shoshqaloqlikni odat qilma, siringni har kimga aytma, molingni oʻylab xarj qil[1].
Gʻ
tahrirlash- Gʻamgin boʻlmayin desang, ginachi boʻlma![1]