Tama
Tama (arab. طمع) — birovdan bir narsa undirish hissi, oʻziniki qilish, olishga boʻlgan intilish.
Tama | |
![]() | |
![]() |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Ey o‘g‘il! Dunyoda eng yoqimsiz va eng yomon xislatlardan biri ishlamasdan birovlarning in’om-ehsoniga tama ko‘zini tikib o‘tirishdir. Kasb-u hunar egasi tamadan xolidir. U o‘z hunarining fazilati tufayli o‘z mehnati bilan halol topib, halol yeydi. | |
— Muhammad Javhar Zamindor[1] |
Har kim ozod boʻlib, sharmandalikdan xoli boʻlay desa, tamadan uzoq boʻlishi kerak | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[1] |
— Farididdin Attor |
Pastkash odam biror kimsani sevsa, yo qoʻrqqanidan sevadi yoki tamagirlikdan. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Tamagir boʻlmaslik kerak. Kishining boshiga tamadan turli balolar keladi. Sal narsa uchun kishi gʻazablanmasligi kerak, chunki kishi uchun dunyoda gʻazabdan kuchliroq narsa yoʻq. Gʻazab kelgan paytda kishi oʻzining nima qilayotganini oʻzi bilmaydi. Odam kishilarni oʻz feʼliga moslashtirishga urinmasligi kerak. Balki odamlar qanday feʼlda boʻlsa oʻsha feʼlga moslashmoq kerak. | |
— „Maxzan al-ulum“ asaridan[1] |
Tamagir oʻzi qilayotgan xatoni oʻzi bilmaydi. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Tamasi koʻpning, insofi oz boʻlar. | |
— Otalar soʻzi[3] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 1,2 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 159.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 161.