Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz
(Fuzayl ibn Iyozdan yoʻnaltirildi)
Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz (719-yil; 803-yil) – zohid, muhaddis va mutasavvif.
Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz | |
Lua xatosi in Modul:Wikidata at line 249: attempt to index global 'WDS' (a nil value). | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar dunyo halol bo‘lsa ham va oxiratda hisob so‘ralmasa ham, bordi-yu menga berilsaydi, siz najasotdan qanday jirkansangiz, men ham dunyodan shunday jirkanardim[1].
- Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorongʻi uydagilarga chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorugʻlik beradi. Allohning ismi zikr qilinmaydigan uy oʻz ahliga qorongʻilik qiladi[1].
- Aqllilar bilan bahslashib tortishmoq — aqlsizlar bilan birgalashib shirin taom yemakdan ming chandon yaxshiroq va foydaliroq[1].
- Badbaxtning nishonasi besh narsadir: ko‘ngli qattiq bo‘lmoq, ko‘zi yoshsiz bo‘lmoq, besharm va behayo bo‘lmoq, dunyoga moyil bo‘lmoq, umidsiz bo‘lmoq[1].
- Dunyoda hech bir narsa yo‘qki, sendan ilgari uning egasi bo‘lmagan bo‘lsin. Yana hech bir narsa yo‘qki, sendan keyin egasi bo‘lmasin[1].
- Dunyo hayotining mas’uliyatsiz, iflos va g‘ayriaxloqiy yo‘rig‘iga kirish oson, lekin chiqish qiyin[1].
- Dunyo molining sarmoyasi havoyi nafsdir. Topgani esa jahannam otashidir[1].
- Erkaklarning kamoloti shuki, kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, silai rahm rishtalarini bog‘lasa, ahli ayoli va farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig‘idan infoq-ehson bersa, tilini saqlasa, o‘z uyini lozim tutsa, ya’ni ishidan vaqtida kelsa, o‘sha erkaklarning komilidir[1].
- Eshigingni yopasan, pardalaringni tushirasan, odamlardan uyalasan, ammo qalbingdagi Qur’ondan, har bir maxfiy narsani bilguvchi ulug‘ Zotdan hayo qilmaysan[1].
- Gunohni tark qilmasdan istigʻfor aytaverish yolgʻonchilarning tavbasidir[1].
- Insonlar sababli bir amalni tark qilish — riyodir va insonlar sababli bir amalni bajarish — shirkdir. Alloh bu ikkitasidan saqlagani — haqiqiy ixlosdir[1].
- Kim Allohdan qoʻrqsa, unga hech kim zarar yetkaza olmaydi. Kim Allohni qoʻyib, boshqadan qoʻrqsa, unga hech kim yordam bera olmaydi[2].
- Kishilar orasida uch xiliga ko‘proq achinaman: oldin xalqining yo‘lboshchisi bo‘lib, keyin xorlikka yuz tutgan kishiga, oldin boy, keyin faqir bo‘lgan kishiga, dunyo o‘yinchoq qilib o‘ynagan olimga[1].
- Odamlarga odamlarning yoqimlirogʻi odamlardan behojat boʻlgani va ulardan hech narsa soʻramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj boʻlganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirogʻi Allohga muhtoj boʻlgani va Undan soʻragani, Allohga odamlarning yomonrogʻi Undan behojat boʻlgani va hech narsa soʻramaganidir[1].
- Qarindosh-urug‘ va do‘stlarning xato-ayblarini kechirish — muruvvat va oliyhimmatlilik belgisidir[1].
- Senga nima yetsa, Allohning taqdiridan deb bil, xalqni malomat qilma. Tilingni saqla, xaloyiq undan salomat boʻlsin, shunda Allohning azobidan omonda boʻlasan. Rabbingning senga rizq beraman, degan vaʼdasini rost bil, shunda moʻmin boʻlasan. Oʻlimga tayyor tur, shunda g‘ofil holda oʻlmaysan. Qayerda boʻlsang ham, Allohning zikrini koʻpaytir, shunda gunohlardan saqlanasan[1].
- Sening nazaringda gunohlar kichraygani sari Alloh huzurida ulkanlashib boraveradi. Sening nazaringda kattalashgani sari esa, Alloh huzurida kichrayib boradi[1].
- Tunda tahajjud namoziga turishga, kunduzi nafl roʻza tutishga qurbing yetmay qolsa, bili qoʻy, xatolaring senga chang solib, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutibsan![2].
- Zamonning evrilishidan, do‘stlarning bevafoligidan qilayotgan shikoyating gunohlaringning senga qoldirgan merosidir[1].
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.