Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz (719-yil; 803-yil) – zohid, muhaddis va mutasavvif.

Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz
Lua xatosi in Modul:Wikidata at line 249: attempt to index global 'WDS' (a nil value).
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Agar dunyo halol bo‘lsa ham va oxiratda hisob so‘ralmasa ham, bordi-yu menga berilsaydi, siz najasotdan qanday jirkansangiz, men ham dunyodan shunday jirkanardim[1].
  • Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorongʻi uydagilarga chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorugʻlik beradi. Allohning ismi zikr qilinmaydigan uy oʻz ahliga qorongʻilik qiladi[1].
  • Aqllilar bilan bahslashib tortishmoq — aqlsizlar bilan birgalashib shirin taom yemakdan ming chandon yaxshiroq va foydaliroq[1].
  • Badbaxtning nishonasi besh narsadir: ko‘ngli qattiq bo‘lmoq, ko‘zi yoshsiz bo‘lmoq, besharm va behayo bo‘lmoq, dunyoga moyil bo‘lmoq, umidsiz bo‘lmoq[1].
  • Dunyoda hech bir narsa yo‘qki, sendan ilgari uning egasi bo‘lmagan bo‘lsin. Yana hech bir narsa yo‘qki, sendan keyin egasi bo‘lmasin[1].
  • Dunyo hayotining mas’uliyatsiz, iflos va g‘ayriaxloqiy yo‘rig‘iga kirish oson, lekin chiqish qiyin[1].
  • Dunyo molining sarmoyasi havoyi nafsdir. Topgani esa jahannam otashidir[1].
  • Fikrlamoq bir oynadir, senga yaxshi va yomon amallaringni koʻrsatadi[1].
  • Kim Allohdan qoʻrqsa, unga hech kim zarar yetkaza olmaydi. Kim Allohni qoʻyib, boshqadan qoʻrqsa, unga hech kim yordam bera olmaydi[2].
  • Kishilar orasida uch xiliga ko‘proq achinaman: oldin xalqining yo‘lboshchisi bo‘lib, keyin xorlikka yuz tutgan kishiga, oldin boy, keyin faqir bo‘lgan kishiga, dunyo o‘yinchoq qilib o‘ynagan olimga[1].
  • Odamlarga odamlarning yoqimlirogʻi odamlardan behojat boʻlgani va ulardan hech narsa soʻramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj boʻlganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirogʻi Allohga muhtoj boʻlgani va Undan soʻragani, Allohga odamlarning yomonrogʻi Undan behojat boʻlgani va hech narsa soʻramaganidir[1].
  • Qarindosh-urug‘ va do‘stlarning xato-ayblarini kechirish — muruvvat va oliyhimmatlilik belgisidir[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,0 2,1 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.