Abu ad-Dardo
sahoba
Abu ad-Dardo – Muhammad paygʻambarning sahobasi.
Abu ad-Dardo | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Banda oʻlimni qancha koʻp zikr qilsa, uning xursandligi va hasadi shuncha kam boʻladi[1].
- Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning koʻp mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz[1].
- Moʻminning tanasida tilchalik Alloh sevgan parcha et yoʻqdir. Alloh moʻminni tili tufayli jannatga kiritadi. Kofirning vujudida tilchalik Allohga yoqimsiz parcha et yoʻqdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli doʻzaxga tashlaydi[1].
- Odamlar kambagʻallikni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Ular oʻlimni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Faqirlikni Rabbimga tavozeʼli va oʻlimni Rabbimga mushtoq boʻlganim uchun yaxshi koʻraman[1].
- Sen olim, yo oʻrganuvchi yoki unga quloq tutuvchi boʻl. Lekin toʻrtinchisi boʻlmagilki, halokatga yuz tutasan[1].
- Yaxshilarni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichidasiz[1].
- Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qoʻysangiz, albatta Allohdan magʻfirat soʻrang[1].
- Yaxshilik mol va farzandlarning koʻpligida emas. Yaxshilik keng feʼlli, axloqli boʻlish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat boʻlishdadir[1].
- Yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi[1].