Abu Lays Samarqandiy (toʻliq ismi Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy)(944-yil – 1003-yil) – Qonunshunos va ilohiyot olimi, Samarqand shayxulislomi boʻlgan.

Abu Lays Samarqandiy
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymogʻing farzdir: „Assalomu alaykum“, „Bismillahir rahmonir rahim“, „Allohu akbar“[1].
  • Fazilat ahlini haddidan oshirmasdan hurmat qilish mustahabdir. Biror kishini boyligidan umid qilib, boy boʻlgani uchun hurmat qilish joiz emas[1].
  • Moʻmin kishi rashkchi boʻlishi kerak. Biror erkak va ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi boʻlmasin. Agar qodir boʻlsa, qoʻli bilan qaytarsin, boʻlmasa, tili bilan. Hech boʻlmasa, qalbi bilan yomon koʻrsin[1].
  • Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir: ayol avrat boʻlgani uchun uning satrdan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, chunki bu – gunoh va erkaklik gʻururining toptalishidir; xotiniga tahorat, namoz, ro‘za kabi zarur ilmlarni oʻrgatish; uni haloldan ovqatlantirish, chunki, goʻsht haromdan oʻssa, olov bilan eriydi; unga zulm qilmaslik, chunki ayol er uchun omonatdir; agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.