Yahyo ibn Maoz
Yahyo ibn Maoz – avliyo.
Yahyo ibn Maoz |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Birovni biror ayb bilan ayblamaslik – oqillik belgisi. Agar men birovni qachondir ayblab qoʻygan boʻlsam, yigirma yildan keyin boʻlsa ham jafosini tortajakman[1].
- Dunyo — Allohning ekinzori, odamlar — shu ekinzorning ekini, oʻlim — o‘roq, jonni oluvchi farishta alayhissalom — shu ekinni o‘ruvchi, qabriston — uni yanchuvi, jannat va doʻzax — havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi doʻzaxda bo‘ladi[1].
- Dunyo shaytonning do‘konidir, undan biron narsa o‘g‘irlamaki, shayton uni olishga kelib, sening dodingni bermasin[1].
- Eh, bizlar bu dunyoda faqir va bechorahol boʻlishdan qoʻrqamiz. Ammo oxiratda faqir, nochor va rasvoyi jahon boʻlishdan qoʻrqaymiz. Holbuki, biz – bandalarning yaxshi amallarga faqir-u kambagʻal boʻlishimiz bu dunyodagi kambagʻalligimiz va nochorligimizdan qoʻrqinchliroq va uyatliroqdir[1].
- Iloho, men gunohdan tiyilishga qodir boʻlmasam, gunohlarimni afu etishga Sen qodirsan-ku![1]
- Insonning dushmani uchtadir: dunyosi, shaytoni va nafsi[1].
- Oltin-kumush chayondir. Uning afsunini o‘rganmaguncha qo‘l uzatmagilki, seni halok qilur. Uning afsuni (duosi va yo‘li) haloldan topib, haq-rostga xarj qilmoqdir[1].
- Ota-onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa ularni oxirat olovi – doʻzaxdan muhofaza etadi[1].
- Pul — chayondir, agar halolidan topmasang va o‘rnida ishlatmasang, yaqinlasha ko‘rma. Chunki chaqsa, zahari seni o‘ldiradi[1].
- Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning cho‘michidir. Kishi gapirayotganida tili qalbidagi narsani olib chiqadi, ya’ni dilning ta’mini bayon qiladi[1].
- Riyozat qilichlarini sug‘urib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat to‘rt yo‘l bilan bo‘ladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq[1].
- Toat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning kaliti — duo, kalitning tishlari — halol luqma[1].