Qiyinchilik — umuman, qiynalish, qiynoq keltiradigan (tugʻdiradigan) holat; qiyinlik.

Qiyinchilik
Qardosh loyihalar



  •  

Aqlli odam shunday odamki, qiyin vaziyatda osongina qutulib ketadi. Dono shunday odamki, qiyin vaziyatga aslo tushmaydi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Azizim, har kim biror ishning talabida qadam qoʻysa, bu ishning qiyinchiliklariga chidashi kerak. Maqsad kaʼbasi sari yoʻlga chiqqan odam, zahmat sahrosidan choʻchimasligi lozim[2].

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Azizim, kishi gʻanimga mubtalo boʻlsa, to undan qutulmaguncha kechani-kunduzdan, kunduzni esa kechadan ajrata olmaydi. Chunonchi aytadilarki, bemor tuzalib ketmaguncha yemish neʼmatidan bahra topolmaydi, mard kishi oʻz dushmanlaridan qutulmaguncha xotirjam nafas ololmaydi.
Bayt:
Botir boʻl, maydonning sohibi – botir,
Tulki dadil boʻlsa sherni qulotir![3]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Bu foniy dunyoda hech narsa abadiy emas, hatto qiyinchiliklar ham oʻtkinchi[4].

  Charlie Chaplin
  •  

Birinchi boʻlib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir[5].

  Said ibn Jubayr

Manbalar

tahrirlash
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 57.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 218.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 53.
  4. Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
  5. Tursun 2006, s. 52.

Adabiyotlar

tahrirlash
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.