Odam

aql va ongga ega ijtimoiy mavjudot; Homo sapiens turiga mansub mavjudot
(Insondan yoʻnaltirildi)

Odam yoki inson — sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi.

Odam
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar



Iqtiboslar

tahrirlash
  •  

Inson agar qulflangan sandiq boʻlsa, uni tajriba ahligina ocha oladi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Inson yaxshilikning qulidir.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Odamlarni davlating yetarli va ishing yurishib turganda emas, balki kambagʻallik va nochorlik paytingda sina, shunda ularning yaxshi yoki yomon ekanini bilasan.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Odamlarning oliyjanobi oʻziga nisbatan odamlarda muhabbat uygʻonishiga urinuvchi, odamlarning baxili esa oʻziga nisbatan doʻstlarida nafrat tugʻdiruvchi kishidir.

  „Maxzan al-ulum“ asaridan[3]

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 104.
  2. 2,0 2,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 108.
  3. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 

Adabiyotlar

tahrirlash