Doʻstlik

Ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha
(Doʻstdan yoʻnaltirildi)

Doʻstlik – ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha. Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi.

Doʻstlik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar



  •  

Dunyoda eng yomon xislat do‘stlarga qilinadigan makr bilan hiyladir.

  — Muhammad Jabalrudiy[1]
  •  

Dunyo safosi bilan, do‘st vafosi bilan go‘zal, o‘z do‘stining aybini ochib yurgan kishi razil kishidir. Yomon odamga yo‘ldosh bo‘lgandan ko‘ra, o‘tda kuygan yaxshi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Doʻst bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoq va goʻzallar nagʻmasiga quloq solmoqdan xushdir.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Do‘st jamoli dardni aritadi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Do‘stni haydamoq akadan ajralmoqdir!

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Do‘stning kelishi bayramdir.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Do‘stning yomoni shundayki, yaxshiligingni unutadi, yomonligingni eslab yuradi.

  Otalar soʻzi[4]
  •  

Kimning do‘st va kimning dushmanligi ogʻir kunlarda bilinadi.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Hakimlarning aytishlaricha, har kim badavlatlik paytida doʻstlariga yordam qoʻlini choʻzmasa, bechoralik paytida hech kim unga ham qoʻlini choʻzmaydi. Soʻradilar: „Doʻst kim?“ Javob berdi: „Ogʻir kunlarda qoʻllagan kishi!“

  „Maxzan al-ulum“ asaridan
  •  

Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi.

  Otalar soʻzi[7]
  •  

Mingta odamni oʻzingga do‘st qilaman deb, bitta odamni dushmanga aylantirma, chunki doʻst mingta boʻlsa oz, dushman bitta boʻlsa koʻpdir.

  Otalar soʻzi[8]
  •  

Tili shirin odamning doʻsti koʻp boʻladi.

  Otalar soʻzi[9]
  •  

Tuyakash bilan do‘st bo‘lgan kishining darvozasi keng bo‘lishi kerak.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Yaxshi bilan doʻst boʻlgan yomonlardan qutilar.

  Otalar soʻzi[10]
  •  

Yaxshiligi koʻp odamning doʻstlari serob boʻladi.

  Otalar soʻzi[11]

Adabiyotlar

tahrirlash

Manbalar

tahrirlash
  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 46.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 40.
  4. 4,0 4,1 4,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 48.
  5. 5,0 5,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 49.
  6. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 53.
  7. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 41.
  8. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 127.
  9. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 94.
  10. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 107.
  11. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 108.