Otalar soʻzi (ozarbayjoncha: „Atalar sözü“) — Ozarbayjonda nashr etilgan asar nomi. Unda arab tilidagi koʻpgina hikmat va maqollar oʻrin olgan boʻlib, ularning ozarbayjon tilidagi muqobillari ham keltirilgan.



  • Aqllikka bir ishora kifoya qiladi[1]
  • Aqlli kishida uchta xislat boʻladi: birov narsa soʻrasa odob bilan javob beradi, birovdan yomonlik koʻrsa ham yaxshilik qiladi, xalqi uchun foydali fikrlarni olgʻa suradi.[2]
  • Kimki birovning payini qirqsa oʻziniki ham qirqiladi[3].
  • Koʻngli baliq tusaganning oyogʻi sovuq suvda boʻladi[4].
  • Koʻpchilik biror kishi haqida hukm chiqarmaguncha, uni yaxshi-yomon deyishdan tilingni tiy[5].
  • Men sening qoʻlingdan tutsam, sen mening oyogʻimdan tortasan[6].
  • Nonsiz el boʻlmas, koʻppaksiz qishloq[7].
  • Odob ahli bilan hamsuhbat boʻlish — gullar hidini ufurayotgan tong nasimidan ham shirin[8].
  • Oz koʻpga tobedir[9].
  • — Qayerga kyotayapsan? — deb soʻrashdi ozdan.
    — Koʻpning oldiga! — javob berdi oz[9].
  • Yoʻlga chiqishdan avval yoʻldosh qidir[10].
  • Zamona talabiga teskari yurgan odam suv ichidan olov qidirgan kishiga oʻxshaydi[11].
  •  

Gʻarazgoyʻga salom beru qoch![12]

Manbalar

tahrirlash
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 104.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 196.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 69.
  8. Xomidiy, Hasaniy & 1997 1997, s. 2.
  9. 9,0 9,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 201.
  10. Xomidiy, Hasaniy & 1997 1997, s. 49.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 67.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 146.

Adabiyotlar

tahrirlash