Ibrohim ibn Adham

Soʻfiy avliyo

Ibrohim ibn Adham (716-yil – 782-yil) – Balx podshohining oʻgʻli, soʻfiy avliyolar orasida zuhd va taqvosi bilan mashhur boʻlgan.

Ibrohim ibn Adham
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat boʻlmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz oʻnta narsa bilan oʻlgan:
    Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
    Alloh kitobini oʻqiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
    Shaytonni dushman, deb daʼvo qilasizlar-u, lekin uni doʻst tutasizlar.
    Rasulullohni yaxshi koʻramiz, deb daʼvo qilasizlar-u, ammo ul zotning yoʻllaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
    Jannatni yaxshi koʻrasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
    Jahannamdan qoʻrqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
    Oʻlim haq, deb daʼvoda boʻlasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik koʻrmaysizlar.
    — Birovlarning ayblarini koʻrasizlar-u oʻz ayblaringizni koʻrmaysizlar.
    Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz
    — Oʻliklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. Oʻlik yer samar bermaganidek, oʻlik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi[1].
  • Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan,
    Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qoʻlimizdan[1].
  • Ilmni amal uchun oʻrganinglar. Aksar odamlar ilmlari togʻdek, amallari zarradek boʻlib qolib, yanglishishadi[1].
  • Zuhd uch xil boʻladi: zuhdi farz, zuhdi fazl, zuhdi salomat. Zuhdi farz – haromda zuhd qilish, zuhdi fazl – halolda zuhd qilish, zuhdi salomat – shubhalarda zuhd qilishdir[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.