Alixonto‘ra Sog‘uniy
Alixontoʻra Sogʻuniy (21-mart 1885-yil, Toʻqmoq – 28-fevral 1976-yil, Toshkent) – Turkistonning atoqli olimi va adibi, Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali. U „Turkiston qaygʻusi“, „Tarixi Muhammadiy“, tibbiyot ilmiga oid „Shifa ul-ilal“, sheʼr va dostonlar yozgan hamda „Temur tuzuklari“, Ahmad Donishning „Nodir voqealar“, Herman Vamberining „Movarounnahr yoki Buxoro tarixi“ asarlarini tarjima qilgan.
Alixonto‘ra Sog‘uniy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar oʻzbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yigʻila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat boʻlmas edi[1].
- Kerakligicha din ilmini oʻrganish hammaga farz boʻlganidek, oʻz hukumatini, Vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini oʻqib bilishlik ham farzdir[2].
- Nuh paygʻambarning oʻgʻli yomon yoʻldoshlarga qoʻshilib edi, paygʻambarzodalik fayzidan ajradi. Ashobi Kahfning iti yaxshilarga ergashib, Qur’onda qissasi aytilib, haq yoʻlidagi odamlar qatoriga kirdi[3].
- Odam oʻzligini unutmasligi uchun uch narsani qoʻldan boy bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini. Vatanimizni boy berdik. Dinimizni ham yoʻqotdik. Endi tilimizni ham unutsak, biz kim boʻlamiz?[4]
- Qay bir kasbda agar kishi xato qilsa, zarari molga yetar, agar tib ilmida xato qilsa, jonga yetar…[3]
- Qaysi bir ilm egasi xoh diniy, xoh dunyoviy boʻlsin, agarki, xarbiy-siyosiy ilmga ega boʻlmas ekan, unday odam misoli bir dumi yoʻq qushga oʻxshashki, biror narsaga qoʻnib oʻzini ushlab turolmaydi… Zero, qushning muvozanatini uning dumi saqlaydi[3].
- Qoʻrqib, qabrdan qirq yil qochib yurgan odam oxiri bu dunyoda birinchi qazilgan goʻrga tushgan ekan[3].
Oʻ
tahrirlash- …oʻz Vatanini boshqalar tasarrufiga qoldirib, ikki dunyosidan ajrab xorlik bilan yashagan yolgʻon musulmonlardan ilm, fan, madaniyatni oʻzlashtirib, butun huquqlariga ega boʻlgan kofirlar, albatta, ortiqdur[3].
Sogʻuniy haqida
tahrirlashAlixonto‘ra Sog‘uniy o‘z hayotining zimziyo kunlarida nima sababdan tarjima qilish uchun aynan “Temur tuzuklari” va “Navodir ul-vaqoye”, Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” yoki Darvesh Ali Changiyning “Musiqa risolasi”ni tanladi? Axir u nafaqat jangchi, qo‘mondon, ayni paytda diniy ulamo ham edi-ku! O‘z zamonasida qancha-qancha diniy kitoblarni o‘qimadi, deysiz. Sharq olamining manaman degan olimlarining insholarini tinchgina tarjima qilib, diniy idora kutubxonasiga “esdalik” uchun topshirib qo‘yib, el-yurtning ziyofatlarida, to‘y-hashamlarida mazza qilib, davrini surib yuraversa bo‘lmasmidi? Yo‘q! Bo‘lmas edi, deb javob berishadi Alixonto‘ra Sog‘uniyning hayoti va ijodi bilan ozgina bo‘lsa ham tanish odamlar! Chunki Alixonto‘ra Sog‘uniy faoliyat odami edi. | |
— Yoqubjon Xoʻjamberdiyev[5] |
Manbalar
tahrirlash- ↑ Darsga kelmasa ham, oshga keladi…
- ↑ Vatanga muhabbat…
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Yoqubjon Xo‘jamberdiyev. Alixonto‘ra Sog‘uniy (O‘zbek). Toshkent: "Azon kitoblari" nashriyoti, 2021 — 628-bet. ISBN 978-9943-7272-7-4.
- ↑ Til – millatning qalbi
- ↑ Yoshlik jurnali: Alixonto‘ra Sog‘uniy