Fan — keng maʼnoda, tizimlashtirilgan obyektiv bilim toʻplamidir.

Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Biz kimmiz? Bu savolgan javob topish nafaqat fan vazifalaridan biri, balki eng bosh vazifasidir. (Erwin Schrodinger)
  • Biz hayot sirini ochdik. (Francis Crick, DNK kashfiyoti haqida)
  • Buyuk nazariyalar keng miqyoslidir; xatolar bizni dogmatizm va tornazarlikka tortadi. (Stephen Jay Gould)
  • Fanning buyuk fojeasi - goʻzal gipotezani xunuk fakt bilan oʻldirishdir. (Stephen Jay Gould)
  • Fan voqeʼlik nazmidir. (Richard Dawkins)
  • Fan yoki fizika, yoki marka yigʻishdan iboratdir. (Ernest Rutherford)
  • Fan juda ajoyib narsadir; agar biror kimsa u orqali pul topmoqchi boʻlmasa. (Albert Einstein)
  • Fizika seks kabidir: albatta, uning praktik foydalari bor, lekin biz u bilan bu tufayli shugʻullanmaymiz. (Richard Feynman)
  • Informatikani komputerlar haqidagi fan, deyish, astronomiyani teleskoplar haqidagi fan, deyish bilan barobar. (Edsger Dijkstra)
  • Irratsional qoʻllanuvchi haqiqatlar aqlli xatolardan zararliroq boʻlishi mumkin. (Thomas Huxley)
  • Je n'ai pas besoin de cette hypothèse. (Pierre-Simon Laplace; tarjimasi: Bu gipotezaga ehtiyoj yoʻq; Napoleon'ning nega Quyosh tizimi modelida Xudoga oʻrin berilmagani haqidagi savoliga javoban.)
Yoʻq, javob beraman men. Yoʻq, yoʻq, yoʻq, yoʻq, va yana yoʻq.
Yaqinda bir kishi, mening shu alfozdagi javoblarimdan gʻazablanib, soʻradi "Hech narsaga ishonmas ekansiz-da?"
"Ishonaman", dedim men. "Dalillarga ishonaman. Betaraf kuzatuvchilar tomonidan tasdiqlangan kuzatuv, oʻlchov va argumentlarga ishonaman. Qay darajada aql bovar hodisa boʻlmasin, agarda unga dalillar boʻlsa, ishonaman. Biroq, naqadar aql bovar qilinmas hodisa boʻlsa, shu qadar kuchli dalillar kerak." (Isaac Asimov)
  • Olim qanday inson? U tabiat eshigining kalit teshigidan boqib, nimalar boʻlayotganini bilishga urinayotgan odamdir. (Jacques-Yves Cousteau)