Yoqubjon Xoʻjamberdiyev

yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev (15-mart 1947-yil – 28-fevral 2022-yil) — yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon.

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev
Vikipediyadagi maqola

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Alixonto‘ra Sog‘uniy o‘z hayotining zimziyo kunlarida nima sababdan tarjima qilish uchun aynan “Temur tuzuklari” va “Navodir ul-vaqoye”, Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” yoki Darvesh Ali Changiyning “Musiqa risolasi”ni tanladi? Axir u nafaqat jangchi, qo‘mondon, ayni paytda diniy ulamo ham edi-ku! O‘z zamonasida qancha-qancha diniy kitoblarni o‘qimadi, deysiz. Sharq olamining manaman degan olimlarining insholarini tinchgina tarjima qilib, diniy idora kutubxonasiga “esdalik” uchun topshirib qo‘yib, el-yurtning ziyofatlarida, to‘y-hashamlarida mazza qilib, davrini surib yuraversa bo‘lmasmidi? Yo‘q! Bo‘lmas edi, deb javob berishadi Alixonto‘ra Sog‘uniyning hayoti va ijodi bilan ozgina bo‘lsa ham tanish odamlar! Chunki Alixonto‘ra Sog‘uniy faoliyat odami edi[1].