Ahmad Yugnakiy
Ahmad Yugnakiy yoki Yugnakiy (XII asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi – XII asr 1-yarmi, ?) – turkiy shoir, mutafakkir.
Ahmad Yugnakiy | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Ilmsiz iliksiz soʻngak kabi boʻshdir, iliksiz soʻngakka qoʻl urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshdi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli kishi keraqli soʻzni soʻzlaydi, keraksiz soʻzni koʻmib tashlaydi[1].
- Mingta doʻsting boʻlsa, uni koʻp koʻrma,
Bitta dushmaning boʻlsa, uni oz dema[2]. - Mol-dunyoim koʻp, deb kibrlanmagin. Mol-dunyoning foydasi nimaga arziydi?! (Oʻlganda) yalongʻoch ketasan. Hamyoning, toʻrvang, boylik toʻla sandigʻing – bari qolib ketadi[2].
- Qaramsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz yegʻochni kesib yondirgin[1].
- Toʻgʻri boʻl, toʻgʻri ish qil, toʻgʻri deb nom chiqar,
Xaloyiq seni toʻgʻri, deb atasin[1].
- Ulfati yaxshi kishining oʻzi ham yaxshi boʻlur, yaxshi ulfatli kishidan koʻp yaxshilik kelur[2].
- Ulugʻlikka yetishsang – yanglishma, atlas kiysang, boʻz koʻylagingni unutma[1].
- Yaxshi feʼl bilan odamlar koʻnglini olib, oʻzingni yomon qiliqlardan saqlab yasha[2].
Oʻ
tahrirlashManbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.