Abdulloh ibn Masʼud
Abdulloh ibn Masʼud (arab. عبد الله بن مسعود) – Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Mas’ud ibn Gʻofil ibn Habib al-Huzaliy ? – 32/652—53, Madina) – Kufa tafsir va fiqh maktablarining asoschisi.
Abdulloh ibn Masʼud | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Allohga itoat qilib, isyon etmaslik, Uni eslash va unutmaslik, Unga doimo shukr qilib, kufrga ketmaslik – haqiqiy taqvodir[1].
- Alloh taolo islomdan nasiba olgan kishini islomdan benasib kishi kabi qilib qoʻymaydi[1].
- Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem boʻlmasin yoki qaroqchilar qoʻliga tushmasin, desang, sadaqa qil[1].
- Banda iymon choʻqqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambagʻallikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal koʻrmagunicha va uni maqtagan hamda yomonlagan kishilarni bir xilda koʻrmagunicha iymon choʻqqisiga chiqa olmaydi[1].
- Bir kishiga „Allohdan qoʻrq“, deyilganida, u: „Sen oʻzingni bil“, deb javob qilsa, shu ish Alloh nazdidagi katta gunohlardan biridir[1].
- Bir millatda ishonchli kishilar ozaysa, dinini sotib dunyo yigʻuvchilar koʻpaysa, u millat orasida fitna bolalaydi[1].
- Bu dunyoda moli omonat, oʻzi mehmon boʻlmagan biron kimsa yoʻq. Mehmon degan doimo keladi va ketadi, omonat esa egasiga berilishi kerak[1].
- Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobeʼ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobeʼ boʻladi[1].
- Gunoh qilish ilmning barakasini yoʻqotadi, uni unutishga olib keladi[1].
- Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman[1].
- Haq ogʻirdir, biroq tomoqdan oson oʻtadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi[1].
- Ilmda Alloh qoʻrquvsi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi gʻururlanmoq kifoyadir[1].
- Ilm koʻp rivoyat qilish bilan emas, koʻp taqvo qilish bilan boʻladi[1].
- Ilm koʻtarilmasidan uni oʻrganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli koʻtariladi. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Alloh yoʻlida shahid boʻlgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat darajalarni koʻrib: „Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa“, deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim boʻlib tugʻilmaydi. Ilm oʻrganish, ta’lim olish bilan egallanadi[1].
- Ilmni fursat boʻlganda oʻrganaverish kerak. Chunki ilm zarur boʻlgan paytda fursat topilmaydi[1].
- Kim tong ottirsa, u mehmondir. Moli yalangʻochdir. Mehmon joʻnab ketadi, yalangʻochlik ortiga qaytadi[1].
- Kim zolimning zulmiga yordam bersa yoki biron musulmon kishining haqqini poymol qiladigan hujjatni unga oʻrgatib qoʻysa, Allohning gʻazabiga yoʻliqadi va bu ishning gunohi uning ustidadir[1].
- Kishining malomatga loyiq eng yomon sifati rashkchi boʻlmaganidir. Birortangizning onasi yoki ayoli bozor va majlislarda odamlar koʻp toʻplangan joyga chiqishidan uyalmaydimi?[1]
- Koʻpchilik yoqtirmaydigan oʻlim va kambag‘allik qanday ajoyib narsalardir! Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir neʼmatdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamman. Boy boʻlgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor[1].
- Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik va magʻrurlanishda[1].
- Namoz oʻqimagan odamning dini yoʻqdir[1].
- Qaysilaringiz bir dirhamni sogʻligida va baxilligida infoq-ehson qilsa, oʻlim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir[1].