Nosir Xisrav

Fors-tojik shoiri va mutafakkiri

Nosir Xisrav (toʻliq ismi: Abu Muʼiniddin Nosir Xisrav al-Qubodiyoniy; 1004-yil, Qubodiyon – 1088-yil, Badaxshon) – fors-tojik shoiri, mutafakkiri.

Nosir Xisrav
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Bilim qidirishga urdim boshimni,
    Bekorga oʻtkazmadim umrimni bir dam.
    Qaydaki eshitsam ilm-u donishni,
    Eshigi tagida oʻltirdim mahkam[2].
  • Keksa kishi boʻlsa nodon-u johil,
    Aqlli goʻdakni undan afzal bil[1].
  • Kishida tavozeʼ aqldan darak,
    Ulugʻlik karamdan topadi bezak[1].
  • Kishini ranjitmoq juda ham yengil,
    Koʻnglin olmoq esa, unday emas, bil[1].
  • Kosibdan shod-u xurram yoʻq jahonda,
    Hunardan yaxshi dur ham yoʻq jahonda.
    Kimki shogirdlikka chin dilidan shod,
    Bir kuni oʻzi ham boʻlgʻusi ustod[2].
  • Yaxshilik qilmishdir kim senga bir bor,
    Yodingdan chiqarma sen uni zinhor[1].


Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.