Mahmud ibn Muhammad
Mahmud ibn Muhammad (11-yuz yillikda yashagan) – fors adibi. „Odob ul-muziyfin va zodul-oqiliyn“ nomli asar muallifi.
Mahmud ibn Muhammad | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar mehmon yaqin doʻst boʻlsa, taklif qilinmagan holda kelgan boʻlsa, unga takalluf va hasham qilinmaydi, bisotida nima boʻlsa ushani keltirib qoʻyadi, narsa boʻlmasa mehmon qilish uchun qarz olinmaydi. Uyida narsa bor boʻlsa-yu, biroq bola-chaqaga yetarli boʻlsa, mehmonga qoʻysa, bolalar och qoladigan boʻlsa, u holda ham mehmonga qoʻyilmaydi. Mehmon keldimi, tezda ovqat olib chiqishga uriniladi, kutdirib quyilmaydi, daʼvat etilganlarning koʻpchiligi kelmayotganlari kutib oʻtirilmaydi[1].
- Bir kuni bir aziz kishining uyiga bir qop qovun olib kelishdi. Mehmonlar qovundan bir ikkitasini soʻyib yedilar. Aziz kishi betoqat boʻlib, qolgan qovunlarni ichkariga kirgizishni buyurdi. Oʻtirganlarning ichida bir zukko tabiatli kishi boʻlib, u ham oʻrnidan tura boshladi.
— Sen qayoqqa? – deb soʻradi undan.
— Ichkariga bolalar bilan qovun yeyishga! – deb javob berdi u[1]. - Biror kimsa bilan doʻstlik yoʻlini tutish va suhbatdosh boʻlishda sakkizta haq mavjud boʻlib, ularga toʻla amal qilish muhimdir. Birinchisi mol haqi boʻlib, unda uchta daraja mavjud. Birinchi daraja shundayki, sen oʻz ayol va farzandlaringni qanday muhofaza qilib, bekamu-koʻst yashashlarini boʻyningga olgan boʻlsang, doʻstlarga nisbatan ham shunday yoʻl tutasan. Ikkinchi va uchinchi daraja shundayki, sen doʻstlaringni ham oʻzingdek tasavvur qilasan, masalan, sen oʻz mol-mulkingga qanday egalik qilsang, ularni sarflashda qanchalik erkin boʻlsang, doʻstlaringni ham xuddi shunday yoʻl tutishlariga imkon berasan. Uchinchi va oliy daraja shundayki, doʻstlaringning ishini va ularning manfaatini oʻz manfaatingdan yuqori qoʻyasan.
Ikkinchi nafs haqidir. Bu shundan iboratki, doʻstlar boshiga ish tushib, sendan narsa yoki yordam soʻrab kelmasidan avval sen ularning hojatlarini ravo qilishga kirishasan.
Uchinchisi til haqidir. Til deyishdan murod nutqdir, yaʼni doʻstga qattiq gapirilmaydi, uning ayblari yuzga solinmaydi, kamchiligi odamlardan bekitiladi, yaxshiligi maqtaladi, yolgʻon muomala qilinmaydi, uning shodligi va sururiga sabab boʻladigan haq gaplar gapiriladi.
Toʻrtinchi haq aʼzolar haqidir, yaʼni uning jism aʼzolaridan biror yomonlik yoki nuqson hosil boʻlsa, uni kechiradi. Biror ishda uzrni pesh qilsa uni kechiradi.
Beshinchisi vafo haqidir. Vafoning maʼnosi esa doʻstlik bobidagi sabot, unga oʻlguncha rioya qilishdir.
Oʻlgandan keyin esa bu haqni uning bolalariga yoki doʻstlariga nisbatan davom ettirishdir. Shuning uchun donolar: „Tirikligida koʻrsatilgan koʻp vafodan oʻlgandan keyin koʻrsatilgan ozgina vafo afzaldir!“ deydilar. Chunki oʻlgandan keyin ham davom etgan vafo tiriklik paytidagi vafoga qaraganda sof va toza, riyodan xoli boʻladi.
Oltinchisi ixlos haqidir. Bu shundan iboratki, doʻst uzoqda yoki oldida boʻlgan paytlarda ham bir xilda turadi, oʻzgarmaydi, ikki oʻrtada boʻlgan muhabbat va sadoqatga rioya qilishda zarracha nuqsonga yoʻl qoʻymaydi.
Yettinchisi yoʻqlash haqidir. Bu shundan iboratki, oʻlik yoki tirikligida uning oʻzini ham, avlodini ham yaxshi soʻzlar bilan tilga oladi. Ularga hamisha omad tilaydi, oʻziga neki yaxshi narsa tilasa, ularga ham qoʻshib tilaydi.
Sakkizinchisi oʻzni tiya bilish haqidir. Bu shundan iboratki, takallufni umuman tark etadi, nooʻrin har qanday takalluflarga yoʻl quymaydi. Chunki takalluf nosazo ish boʻlib, uning oʻzini ham, doʻstlarni ham qiynaydi va noqulay ahvolga solib qoʻyadi[1].
- Mehmondorchilik qoidalaridan yana biri shundayki, mezbon mehmonlar huzurida odob bilan turadi, mehmonlarning har birini eʼzozlaydi, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatishdan biror daqiqa boʻlsa ham toʻxtamaydi. Mehmonlarga oʻzi turib xizmat qiladi. Mehmon tashqariga chiqsa birga chiqadi, kirganida birga kiradi[1].
- Mehmonga ovqat tezda keltiriladi. Hotam Osim shunday degan edi: „Besh ishdan boshqa ishda shoshilish yomon xislat. Bu esa quyidagilar: taom keltirish, oʻlikni kumish, erga berish, gunohdan kechish, qarzni ado qilish!“[1].
- Mehmon rioya qilishi lozim boʻlgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki buyurgan ishini bajarish mezbon uchun ogʻir boʻlishi mumkin. Agar mehmon qanday ovqat qilib berishi haqida soʻrasa, yengil ovqatni tanlasin. Ulugʻ kishilar doimo shunday qilishgan[1].
- Mehmonga xos boʻlgan odoblardan biri shundayki, kimki mehmonga taklif etilsa, rad qilmay borish kerak. Borganda esa uyning yuqorisini koʻzlamay, uy sohibi qayerni koʻrsatsa, oʻsha joyga oʻtirish lozim. Kirayotganda va oʻtirayotganda taʼzimu tavozeʼni unutmasin. Oʻzlari xohlamay turgan ikki odamning orasiga suqilib oʻtirilmaydi, chunki ularning suhbatiga toʻsqinlik qiladi[2].
- Mehmon kelgach undan nima yeyishini, koʻngli nima tusayotganini soʻrash lozim. Agar uning istak va xohishiga qarab narsa tayyorlansa, mehmonning xursandchiligi ziyoda boʻladi. Biroq mehmondan: „Biror narsa yeysizmi, biror narsa olib chiqaymi?“ deb soʻrash juda yomon odatdir. Shuning uchun soʻramasdan uyda borini olib chiqib, mehmon oldiga qoʻyish kerak[1].
Mehmonga xos boʻlgan odoblardan biri shundayki, kimki mehmonga taklif etsa rad qilmay borish kerak. Oʻtirishga borganda esa uyning yuqorisiga oʻtishga urinmay, uy egasi qayerni koʻrsata oʻsha yerga oʻtirish zarur. Kirayotganda va oʻtirayotganda taʼzimu tavozeʼni unutmasin. Oʻzlari xohlamay turgan ikki odamning orasiga suqilib oʻtirilmaydi, chunki ularning suhbatiga toʻsqinlik qiladi[1]. - Mehmon rioya qilishi lozim boʻlgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki buyurgan ishini bajarish uy sohibiga ogʻirlik qilishi mumkin. Agar mehmondan qanday ovqat qilib berish haqida soʻralsa, yengil ovqatni tanlasin. Ulugʻ kishilar doimo shunday qilishgan[2].
- Mehmon xotin-qizlar kirib-chiqadigan tomonga qarab emas, boshqa tomonga qarab oʻtirgani yaxshiroq. Uy sohibining ruxsatisiz aytilmagan yoki notanish odam boshlab kelinmaydi. Agar sohibi xona ishonchli va sinalgan kishi boʻlmasa, unda buning yoʻrigʻi boshqa. Oʻtirishga kirgach yon-veridagi kishilar bilan hol-ahvol soʻraladi.[1].
- Mezbon, uyida ovqat tayyor boʻlgach, koʻp boʻlsa ataylabdan mehmon oldiga ozgina olib chiqmasligi yoki ortiqcha keltirmasligi lozim.
Mehmonni koʻp yeyishda ayblamasligi kerakki, bu mehmondorchilik qoidasiga xilof va mehmon haqiga xiyonat boʻladi. Qoʻshni uydan taom chiqsa bir qismini ichkariga bolalarga kirgizishi mumkin. yoki mehmon oldiga qoʻyib, mehmon qoʻl artgach, kirgazsa ham boʻlaveradi[1].
- Ovqatdan qoʻl tortgach, ovqat soʻngidan shirinlik yemoq, masalan, qand yoki asal yeyish foydalidir[1].
- Ovqatni kichik-kichik olish, ogʻizni ung tomonida chaynash, ovqat bilan birga qoʻlni ogazga tiqmaslik kerak. Ovqatni yaxshilab chaynab yutgandan soʻnggina boshqa luqma uchun qoʻl uzatish lozim. Ovqat faqat oʻz oldidangina olinadi. Taom yeyilayotgan paytda kishi oʻz oddiga qarab oʻtirishi, oʻzgalarning olishi va yeyishiga qaralmaydi. Ovqatni issiq holda yemaslik, uni puflamaslik lozim. Chunki puflaganda ogʻizdan tupuk chiqib, ovqatga tushishi mumkin. Taom yeyish asnosida yaxshi kishilar va yaxshi ishlar haqida gaplashib oʻtirish kerak[1].
- Ovqat yeyishdan avval uy egasi birinchi boʻlib qoʻl yuvadi. Ovqatdan keyin esa barchadan keyin yuvadi. Bunday qilishning sababi shuki, kechikkan yoki tasodifan kelib qolgan kishi bilan ovqat yeyishni davom ettiradi. Toki yangi kelgan kishi uyalib qolmasin. Ammo qoʻlga uy egasining oʻzi suv quymogʻi va mehmon birodarlariga oʻzi xizmat qilmogʻi kerak[1].
- Ovqat yeyish uchun oʻtirishda avvalo dono va olim kishilar eng yuqoriga oʻtqaziladi. Soʻng esa yoshi, ilmi jihatidan yuqoriga oʻtkazilgan kishilarga yaqinroq kishilar taklif etiladi. Bordiyu, oʻrta va oxirgi darajada boʻlgan kishilar yuqoriga oʻtib qolgan boʻlsa, ularni turgʻizish va yoshi hamda ilmi jihatdan ustun boʻlgan kishilarni tepaga oʻtqazish mumkin[1].
- Qoʻl bilan ovqatdan olayotgan paytda chap qoʻlni ovqat olayotgan qoʻlni tagiga tutish, don yoki yogʻning yerga toʻkilishining oldini olishga intilishi, kishining koʻnglini aynitadigan ovqat yoki ishlar haqida zikr qilmaslik lozim. Kosadan ovqat ichayotganda ovozini chiqarmaslik, lagan ostiga non qoʻymaslik kerak[1].
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.