Luqmoni hakim – sharq mumtoz adabiyoti va xalq ogʻzaki poetik ijodidagi donishmand tabib obrazi.

Luqmoni hakim
Vikipediya maqolasi



  • Barcha yukni ko‘tardim, ammo burchdan og‘irroq yukni ko‘rmadim. Barcha lazzatni totib ko‘rdim, ammo salomatlikdan chuchukroq lazzatni totmadim. Eng shirin lazzat sog‘-salomatlikda ekanini angladim[1].
  • Biror kishi bilan birodarlik va do‘stlik ipini bog‘lamoqchi bo‘lsang uni biror qiyinchilik ustida si-na, asosan g‘azabi kelib turgan paytda imtihon qil. Agar u g‘azabini bosa olsa, shundagina do‘stlik qil, g‘aza-bini bosa olmagan kishi bilan do‘stlik qilish qiyin![2]
  • Inson uchun eng yomon ayb kishining o‘z aybini ko‘rib bilmasligidir![2]
  • Kishining aqli sharaf va ulugʻlik asosidir! Kimning aqli koʻp boʻlsa, ayblari yashirin va doʻstlari undan rozi boʻladi[4].
  • Luqmoni Hakimdan: „Sen oʻzing koʻrgan illatlar va ayblardan qaysi biriga davo topa olmading?“ deb soʻradilar. Luqmon: „Men barcha illatlarga hikmat yuzasidan davo topdim, ammo davolay olmaganim, bu badfeʼllik illati boʻldi!“ deb javob berdi[5].
  • Luqmoni Hakim oʻz oʻgʻliga dedi:
    — Ey oʻgʻlim, qilgan xatolaringni oʻlguningcha koʻz oʻngingda tut! Ammo qilgan yaxshiliklaringni koʻz oldingdan nari qil![2]
  • Luqmoni hakim oʻz oʻgʻliga dedi:
    — Ey oʻgʻlim, yalqovlik koʻchasiga kirma, koʻngling tor boʻlmasin, chunki kimda yalqovlik va besabrlik boʻlsa, u hech qachon baxtga erisha olmaydi![2]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 56.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 190.

Adabiyotlar

tahrirlash