Jaloliddin Rumiy
mutafakkir, soʻfiy va fors shoiri
Jaloliddin Rumiy (1207-yil 30-sentyabr — 1273-yil 17-dekabr) – dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy inson.
Jaloliddin Rumiy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
- Ablah do‘st dushmandan yomondir, yomon ne hiylani bilsa, ishlatar oson[1].
- Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikdan yiroq boʻl, hikmatli soʻzlarni sokinlik bilan tingla, takabburlik, adovat, ginachilikdan hazar qil. Qayg‘u-alamlar ustingga hujum etsalar, bu hujumlarga oʻz adabsizliging sababchidir[1].
- Agar bizni va roziligimizni istasang, buning koʻngillarni ishgʻol qilish bilan amalga oshishini unutma![1]
- Agar sening koʻngling boʻlsa, ko‘ngil Kaʼbasini tavof ayla[1].
- Ajal bilan yuzlashmasdan oldin beriladigan har narsangni berib qolishing lozim[1].
- Donoga yondoshgil, qoch nodondan san,
Hatto u xavflidir dono dushmandan[1]. - Dunyo havasi Allohdan gʻofil qolishdir[1].
- Ey, birov qasdiga choh qazgan inson,
Oqibat oʻzingga qoʻyasan qopqon[1]. - Ey inson, bu olamdagi junbush va dabdabaga aldanma! Uyquda koʻrgan tushingda vujuding qiyma-qiyma boʻlsa ham, qoʻrqma! Zero, bu dunyo bir uyqudan iboratdir[1].
- Ey inson, qoʻllaringdagi zanjirlarni yech, hur boʻl! Tokay oltinning, zer-u zabarning asiri boʻlasan?![1]
- Ey salomatlikni, tinch va rohatda umr kechirishni istagan odam, odobga xilof soʻzlashdan, mag‘rurlik, takabburlikdan hazar qil. Hasad, igʻvodan qalbing pok boʻlsin[1].
- Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni oʻzgartirmoqchi edim! Bugun esa hakim va donishmandman. Shuning uchun nafsimni oʻzgartirmoqchiman[2].
- Kimki doʻstlikni xor aylabdi, uni qismat jazolagay – chiqib tutuni[1].
- Kimsaki tark ayladi oʻz aslini,
Qayta izlar roʻzgʻorin vaslini[1]. - Kumushning tashqi koʻrinishi oppoq boʻlsa ham, qoʻlda va choʻntakda koʻp ushlansa, qora yuqtiradi. Shunga oʻxshash baʼzi odamlarning soʻzlari zohirida kumush kabi porloq va toza koʻrinsa ham, lekin qayg‘u va zarar keltiradi[1].
- Koʻp xafa boʻlma! Shuni yaxshi bilki, qancha yigʻlasang shuncha kulasan… Hamma narsani tugadi deb ham oʻylama!.. Qancha sevsang shuncha sevilasan…
- Neʼmatga shukr etish oʻsha neʼmatning oʻzidan ham yaxshiroqdir[1].
- Oltin ne uchun, jon ne uchun, inju marjon nedir? Bir sevgiga sarflanmasa, bir sevgiliga fido qilinmasa...[4]
- Ona haqqiga diqqatli boʻl, uni boshingga koʻtar. Zero, onalar toʻlgʻoq mashaqqatini chekishni boʻyinlariga olmaganlarida chaqaloqlar dunyoga kelish uchun yoʻl topolmas edilar[1].
- Oqil doʻsti bor kishining oynaga ehtiyoji yoʻqdir[1].
- Paygʻambarlar va ularning vorislari – avliyolar, yaʼni komil inson boʻlganlar bashariyat niqobi bilan oʻralgan quyoshlardir. Ularning himoyasida boʻlki, senga doim yomonlik qiladigan nafsingning qoʻlidan qutulasan[1].
- Qanday boʻlsang, shunday koʻrin, qanday koʻrinsang, shunday boʻl[1].
- Sizga uzatilgan hamma qoʻlni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir[1].
Oʻ
tahrirlashSh
tahrirlashManbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Sema Marashli. Turmush oʻrtoʻgimning tengi yoʻq: hikoyalar. Toshkent: „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2021 — 176-bet. ISBN 978-9943-20-809-4.