Amir Temur
turk-moʻgʻul sarkarda va davlat arbobi (1336–1405)
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi: Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) – 1405-yil-yil, 18-fevral, Oʻtror shahri, Samarqandda dafn etilgan) – oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Amir Temur | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslari
tahrirlash- Barcha ishlarimning toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini esa qilich ila bajo keltirdim[2].
- Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr – mingni[2][1].
- Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritadi[1].
- Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal[1].
- Biron ishni qilmoqchi boʻlsam, kengashib olib, keyin Qurʼondan fol ochardim va Qurʼon hukmi bilan ish qilur erdim[1].
- Biz kim Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulugʻi Turkning bosh boʻgʻinimiz. Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq[3].
- Boʻlar odam yoshida bosh boʻlar, boʻlmas odam qirqida ham yosh boʻlar[1].
- Dushmanning kulgani – siringni bilgani[1].
- Ilm va dinning mashhur kishilari oʻz maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar[2][1].
- Kechira olishlik – mardlik, kechira bilmaslik – nomardlik sanaladi[2][1].
- Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir. Hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir[1].
- Kuch birliktadir[3].
- Koʻkda bitta Alloh boʻlgani kabi yerda ham bitta hukmdor boʻlishi lozim.
- Olamni yaratgan tangri yolgʻizdir, uning sherigi yoʻqdir. Shunday ekan Tanrining mulki boʻlgan yer yuzining hukmdori ham bitta boʻlmogʻligi kerak[3].
- Sodiq va vafodor doʻst ulkim, oʻz doʻstidan ranjimaydi, doʻstining dushmanini oʻz dushmani deb biladi. Agar kerak boʻlsa, doʻsti uchun jonini ham ayamaydi[1].
- Turklikni ulugʻlash uchun yashang, Turkiyga qilich koʻtaradigan qoʻlni sindirib tashlang!
- Xudoning ishiga qara! Katta dunyoning hukmdorligi senga oʻxshagan koʻr va men singari oqsoq insonga ravo koʻrilibdi, men unga kulayapman!
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Amir Temur iqtiboslari