Abu Rayhon Beruniy
xorazmlik qomusiy alloma (973–1048)
Abu Rayhon Beruniy (4-sentyabr 973-yil, Kat, Xorazm, – 13-dekabr 1048-yil, Gʻazna) – Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Gʻarb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan.
Abu Rayhon Beruniy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Asalarilar ham oʻz jinsidan boʻlaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini oʻldirib tashlaydilar[1].
- Bilimning shundayki, u yalangʻoch boʻlganingda ham oʻzing bilan qoladi uni hammomga kirganingda suv ham yoʻqota olmaydi[2].
- Bilim – qaytarish va takrorlash mevasidir[2].
- Bilimsiz kishilarning koʻngli xurofotga moyil boʻladi[1].
- Bugunning chorasini koʻrib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir[1].
- Bu kunning tadbiri sababli ertaning tadbiriga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidur[2].
- Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʻrtaga kirib olishi bilan ish toʻgʻri boʻlmaydi[1].
- Donishmand va olimlarning xulqlaridan oʻrnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yoʻq qiladi[1].
- Doʻstlar va xayrixohlik qiluvchilar yomonni yaxshi qilib koʻrsatishga, xalal yetadigan yoʻlni toʻsishga, goʻzallikni izhor etishga va yaxshiliklarga nisbat berishga tirishadilar[2].
- Fanlarning foydasi ular yordamida oltin va kumushlarni qoʻlga kiritish emas, balki ular tufayli zarur narsalarga erishishdir[2].
- Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obroʻni ketkazadi[1].
- Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa[1].
- Har bir yangi narsada lazzat bor[1].
- Hasad bilan g‘azab ikki qanot boʻlib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi[1].
- Hatto (dehqonlar) oyga qarab urugʻlar sochish, ekish, koʻchatlar oʻtqazish, payvand qilish va changlatish, hayvonlarni urchitish va boshqa vaqtlarni aniqlaydilar[2].
- Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan oʻzini qoʻriqlash bor[1].
- Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi[1].
- Ilmning turi koʻp. Ularning soni yanada ortadi, qachon-ki insonlar ilmga eʼtibor bersa va ziyolilarni qadrlasa. Bu ishni eng birinchi qilishi kerak boʻlganlar – rahbarlardir[3].
- Inson oʻz suratini oʻzgartirishdan ojiz boʻlsa ham, tilsiz hayvondan orqada qolishni istamasa, nafsni tozalashdan ojiz boʻlmaydi[2].
- Jonli mavjudotning barchasi, shu jumladan insonning oʻzi ham, tabiiy ravishda paydo boʻlgan va u tabiatning rivojlanishi va oʻzgarishining natijasi hisoblanadi[2].
- Joʻrttaga oʻz soʻzida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biror foyda yetkazmaydi[1].
- Kimda kim oʻz izlanishlarining afzalligi qonuniyatlarini izlab topishda deb bilarkan, ul albatta, hamisha oʻz qarashlarini amalda isbotlash yoʻlidan boradi[2].
- Kishini koʻngli kelishgan va tartibli har narsaga qiziqadi, tartibsiz narsalardan nafratlanadi[2].
- Kishi oʻz mehnat va mashaqqat chekishlari jarayonida garchi u insonlarning eng aqllisi va eng ziyraga boʻlsa ham, hamisha shodu xursandlikni orzu qilib, sevinch keltiradigan narsalarga moyil boʻladi va yolg‘on koʻriladigan narsalardan tortinadi…[2]
- Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi[1].
- Koʻz bilan koʻrgan eshitgandan afzalroqdir[1].
- Mardi maydon shunday odam boʻladiki, ertayu-kech dushmanga zararu, doʻstga foyda keltiradi[2].
- Minnat qilish berilgan ehsonni yoʻqqa chiqaradi[1].
- Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi[1].
- Odamgarchiligi bor mard kishi oʻzidan va oʻziniki ekanligiga hech kim tortishib oʻtirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi[1].
- Odamlarning tuban darajalisi ham oʻzidan tubanroq boʻlgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas[1].
- Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik koʻzi bilan qaraydilar[1].
- Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon koʻrgan kishilarini ta’na qilishadi[1].
- Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-gʻussa boʻlmaydi[1].
- Tillarning turlicha boʻlishiga sabab – odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tugʻilishidir[1].
- Yolgʻonchilikdan chetlanib, rostgoʻylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolgʻonchining oʻzi ham sevib maqtaydi[1].
- Yolgʻonchilik kishini adolatdan yuz oʻgirtiradi[2].
- Yomonlikni shaxobchalari koʻp boʻlsa ham, ularning asosi tamaʼ, g‘azab va ilmsizlikdir[2].
- Yunon faylasuflari avom xalqi uchun emas, balki yuqori tabaqalari uchun usul va qoidalar ishlab chiqqanlar[1].
Oʻ
tahrirlashManbalar
tahrirlash- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.