Sulton Alp Arslon

Yunus O‘g‘uzning Saljuqiylar hukmdori Alp Arslon hayoti haqida yozgan tarixiy romani

Sulton Alp Arslon — isteʼdodli Ozarbayjon yozuvchisi, koʻpgina tarixiy asarlar muallifi Yunus Oʻgʻuzning 1063–1072-yillardan humkronlik qilgan Saljuqiylar imperiyasining ikkinchi sultoni Alp Arslon haqidagi romani[1].

Wikipedia
Wikipedia

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Qilich yasagan usta uni dushman boshiga solgan jangchidan ham koʻproq mamnun boʻlar ekan.
  • Islomni olib kelgan va yoygan arablar edi, bu dinga yanada yuksak ishonch va eʼtibor esa turklardan kelardi.
  • Qirqning jami birdir, birning jami qirqdir.
  • Zaif, qoʻrqoq, ojiz inson qanday yoʻl bilan boʻlmasin, egallab turgan mansabini jon-jahdi bilan saqlab qolishga tirishadi. Bunday kimsa uchun hokimiyat, davlat, xalq, jamoat sariq chaqaga arzimaydi. Bunday kimsalar mansabdan ajrab qolishni oʻlim bilan barobar koʻradilar. Shuning uchun ham hamma narsaga rozi boʻladilar.
    Hasan Sabboh
  • Poraxoʻr bilan darhol til topishish mumkin, chunki uning dini ham, iymoni ham poradir. Pora uning uchun ham oila, ham hokimiyat, xullasi kalom, hamma narsa. Ana shunday kimsalarni oʻzimiz istagan yerlarga, oʻlkalarga joylashtirsak, idora etish ham oson koʻchadi.
    Hasan Sabboh
  • Asosiysi shundaki, ojizlar, qoʻrqoqlar, poraxoʻrlarning hokimiyat tepasiga kelishi davlat binosiga larza soladi, davlat zaiflashib qoladi. Ichki nizolar, algʻov-dalgʻovlar har qanday davlatning ildiziga bolta uradi, ikki-uch avloddan soʻng u batamom zaiflashib, halokat yoqasiga kelib qoladi. Tagʻin bir necha avlod oʻtgach, davlatning umri tugaydi.
    Hasan Sabboh
  • Hukmdorning qudrati xalqning chin muhabbatidadir. Agar xalq uni sevsa, oʻz hukmdorining ortidan ergashadi, uning hokimiyati yoʻlida jang-jadallarga kiradi. Xalqning haqiqiy muhabbatini qozonmoq hokimiyatni qoʻlga kiritmoqdan ming chandon qiyin.
  • Hukmdorning nainki ikkita, balki oʻnlab koʻzi, yuzlarcha qulogʻi, minglarcha qoʻli, oyogʻi, biroq faqat bittadina yuradi boʻlmogʻi kerak.
  • Turklar tarix yaratar, afsuski, bu tarixni boshqalar yozardi.
  • ...Eʼtirof har doim ham qudrat baxsh etmaydi, baʼzan u insonni kichraytirib, joʻnlashtirib qoʻyadi.
  • Magʻlubiyatni hisobga olib, ulusini asrab qola olmagan zot gʻolib kela olmaydi.
  • Mard inson oʻz dardini oʻzi chekishi lozim edi.
  • Ular halok boʻlmoq uchun emas, gʻoziy boʻlmoq uchun maydonga otildilar...
  • Musht besh barmoqdan koʻra kuchliroqdir!
  • Joning haqida oʻylamaganingda uning qadri ham bilinmas, oʻylaydigan payt kelganda esa insonning oʻz joni oʻziga vahima solar ekan.
  • Ogʻzingdan bir soʻz chiqdimi, unga albatta amal qilishing lozim.
  • Eng katta ayyorlik — rostlik, deydilar.
  • Davlati oliya tahlikada qolganda biz oʻzimiznikilar bilan ham urishamiz. Biroq bu faqat oʻsha musulmon yo dushmanga yordam berganda yoki tobelikni tan olmaganida, xiroj toʻlashdan boʻyin tovlab, ming xil bahonalar bilan oʻzini chetga tortganda sodir boʻladi. Sulton hazratlari oʻz tuproqlarini faqat kofirlarning tuproqlari xisobiga kengaytirishni istaydilar.
  • Saroy maʼmurlari hamisha yuqoriga bir xabar yetkazmoqchi boʻlsa, gapni tumtaroq jumlalardan boshlar, keyin maqsadga oʻtishardi.
  • Men kofirlarning ustiga yurish uchun bu yerda yuz ming kishilik qoʻshin yigʻib qoʻysam-u, sharqiy sarhadlarda oʻz turkmanlarim oʻzim qarshi bosh koʻtarsa! Nega siz bundoqsiz, hoy turklar?!
  • Shunday ham aksari buyuklar koʻp hollarda razillarning qoʻlida oʻlim topgan.
  • Zero, Tangrining siri inson shuuridan, inson zakosidan juda yuksak turadi.
  • Turkon xotun: Kechikib otilgan tosh boshga emas, oyoqqa tedagi, Sultonim.
  • Alp Arslon: Biz sulh istaganning qarshisiga sulh bilan, jang istaganning qarshisiga qilich bilan chiqamiz!
  • Olloh taolo har kimning yelkasiga imkoniga qarab yuk ortgan. Shundan ortigʻini daʼvo qilma. Bundan ortigʻini daʼvo qilsang, tiling osilib, beling chiqib ketadi.
  • Kundalik tashvishlarga oʻralashib qolgan, faqat „bola-chaqam ochdan oʻlmasligi uchun bir burda nonni qaydan topsam ekan“ degan qaygʻuda umrguzaronlik qiladiganlar buyuk gʻoyalar bilan yashaydigan zotni zinhor anglay olmasdilar.
  • Iblis aralashmagan ish yoʻq. Bir tomondan paygʻambarlar, avliyolar insonlarni poklamoqchi boʻlganlari kabi, ikkinchi tomondan iblis malaylari bani basharni yoʻldan ozdirmoqchi boʻladilar.
  • Insonlar faqat koʻzga koʻrinadigan, nur aksida namoyon boʻladigan, moddiy ashyolar bilan bogʻliq ilmlarni anglay oladilar, xolos. Ular koʻrmagan narsalariga kamdan-kam hollardagina ishonadilar yoki butunlay ishonmaydilar.
  • Insoniyat oʻz pok amallari bilan kelajakka taʼsir etishi mukin, ammo uni batamom oʻzgartira olmaydi. Xoliq har bir insonning amali va diliga koʻra taqdirini yozadi. Biz hozir yomon deb aytadigan biron-bir oqibat kelajak uchun xayrli boʻlishi mumkin. Bu hayotda koʻpgina narsalar nisbiy, oʻzgaruvchan, faqat Xalloqi olamgina mangu barqaror.
  • Dunyoning ishlariga boq, ne-ne mamlakatlarni larzaga solgan Sulton jang maydonlarida emas, toʻshakda jon berar, kuni makruh bir ichimlikka qolgan edi...
  • Qon bilan, jang bilan, qilich bilan olingan tuproqlar soʻz bilan, orzu-istak bilan, talab bilan ortga qaytarilmaydi.
  1. Yunus Oʻgʻuz. Sulton Alp Arslon.. Toshkent: “Mumtoz soʻz” nashriyoti, 2016 — 166-bet.