Sufyon Savriy
Musulmon olimi, faqih, zohid, muhaddis va tasavvuf shayxi
Sufyon Savriy (arab. سُفْيَان ٱلثَّوْرِيّ; 716-yil – 777/778-yil) – sunniy musulmon olimi, faqih, zohid, muhaddis va tasavvuf shayxi.
Sufyon Savriy | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
tahrirlash- Allohga sevgisi boʻlgan biron kimsani sevgan odam Allohni sevadi. Allohga itoatli kimsani siylagan odam Allohni izzat-ikrom qilayotgan boʻladi[1].
- Badaning uchun dunyoni, koʻngling uchun oxiratni lozim tut. Dunyo tanni semirtiradi, oxirat fikri koʻngilni oʻstiradi[1].
- Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida boʻrilari bordir[1].
- Bu dunyoning neʼmatlari bamisoli ilohiy gʻazabga uchraganday nopok kishilarga nasib boʻladi[1].
- Hech bir narsamni davolash nafsimni tarbiyalash va uni davolashchalik menga ogʻir kelmadi. Chunki u goh men taraf boʻlar, goh menga qarshi chiqardi[1].
- Kimki namozni shikasta dil va ojizlik bilan ado qilmasa, ibodati durust boʻlmaydi[1].
- Kimki qabr zikrini koʻpaytirsa, uni jannat bogʻlaridan boʻlgan bogʻdek topadi, kimki oʻshandan gʻofil qolsa, uni do‘zax chohlaridan boʻlgan chohdek topadi[1].
- Kim chaqirsa kelishdan ozorlanadigan kishini da’vat etsa, bu da’vat etgan kishiga bir gunoh yoziladi. Agar da’vat etilgan kishi kelsa, ikki gunoh yoziladi. Chunki da’vat qilgan kishi uni oʻzi istamagan holda yemakka zoʻrlagan boʻladi[1].
- Menga kamonning oʻqini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, oʻqni otsa, gohida xato ketadi[1].
- Muhabbat – Allohning Rasuliga ergashmoqdir. Muhabbat – Allohni doimo yodda tutishdir[1].
- Odamlar orasida besh aziz va ulugʻ toifa borki, ularni izzat qilmoq dunyo ahliga vojibdir: avval – amalli olim, ikkinchi – parhezkor soʻfiy, uchinchi – tavozeʼli boy, toʻrtinchi – yoʻqchilikka sabr qilib, shukr aytuvchi kambagʻal, beshinchi – sunnatga amal qiladigan sayyid[1].