Olimat ul-Banot
tatar maʼrifatparvar olimasi
Olimat ul-Banot (taxallusi; asl ismi sharifi Olimat ul-Banot binti Lutfulloh Sulaymoniy; XIX asrda yashagan) – tatar maʼrifatparvar olimasi.
Olimat ul-Banot | |
Vikipediyadagi maqola |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
- Badxulq va bemaʼni erga uchragan ayolning asosiy vazifasi shundan iboratki, u bor kuchini sarflab, erining notoʻgʻri yoʻldan ketayotganini tushuntirishi, unga vaʼz-u nasihat qilishi, barcha chora-tadbirlarni qoʻllaganda ham erining tuzalishiga ishonch yoʻq boʻlgach, undan koʻngil uzishi, qutulish yoʻlini qidirishi kerak[1].
- Er bilan murosa va madorada yashash uchun ayollarimizga quyidagi ikki narsaga amal qilish zarur. Birinchi, erning tabiatini, mijozini va xulqini bilish, shunga qarab muomala qilish, masalan, er nimadan koʻproq xursand boʻlsa, oʻshani qilishga urinish, qanday narsa gʻashini keltirsa, uni qilmaslikka urinish zarur. Erning harakatlarini bilish va oʻshanga asoslanib ish yuritish [[[totuvlik]]ni keltirib chiqaradigan muhim omillardan biridir. Ikkinchi, vafodor, sadoqatli va ishbilarmon ayollar haqidagi hikoya, sheʼr va dostonlarni koʻp oʻqish, yomon, xulqsiz va behayo ayollarning qilmishlari va uning oqibatida turli xil balolarga giriftor boʻlganliklari toʻgʻrisidagi voqealardan ibrat va kerakli xulosalar chiqara olish kerak[2].
- Oilaviy masalada er bilan xotin oʻrtasida totuvlik va maslahatlashib ish tutish boʻlmasa, bunday oila azob va mashaqqat maskaniga aylanadi. Bunday oiladan lazzat ketadi, rohat yoʻqoladi, bolalarning tinchligi buziladi. Oila aʼzolari oʻrtasida urush va janjal chiqmasligining oldini olish ayollarimizning vazifalaridir[2].
- Opa-singillar! Sizlar uchun eng zoʻr boylik va eng ulugʻ martaba, eng ulkan fazilat iffatli boʻlishdir. Iffatli ayol garchi kambagʻal boʻlsa-da, biroq maʼnaviy jihatdan badavlat hisoblanadi. Iffatsiz ayollar qanchalik badavlat boʻlishmasin el nazarida faqir va behurmat hisoblanadilar. Boʻyniga taqilgan marjon, bosh va koʻkrakka taqilgan gavhar, sandiq toʻla pullar bilan ham iffatni sotib boʻlmaydi. Iffat shunday zoʻr boylikdirki, uning aslo bahosi yoʻq[3].
- Oqila xotin oʻz erining haqiqiy koʻmakdoshidir. Bunday xotin oʻz erining soʻzlarini hech vaqt yerda qoldirmaydi. Mensimasdan qaramaydi. Uni har bir ishda qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo oqila xotin erga itoat qilish kerak ekan deb, er boshlagan har xil qabih yoʻllarga yuravermaydi, aksincha oʻz erining yomon va jinoyatga olib boradigan yoʻllardan qaytaradi[1].
Manbalar
tahrirlash- ↑ 1,0 1,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 181.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 180.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 182.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 206.
Adabiyotlar
tahrirlash- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.