Iffat (arab. ‎‎ — bokiralik, pokizalik; yaxshi xislat; tiyilish;) — vijdoniy poklik; nomus, hayo.

Iffat
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari



  •  

Iffatni naqadar buyuk fazilat ekanligini bilish uchun uning tarkibiga kiradigan va ajralmas qismi boʻlgan xislatlar bilan tanishish lozim. Hakimlarning yozishlaricha, poklik, qanoat, shoshilmaslik, ochiq yuzlilik, ixlos, tartib, saxovat.

  Olimat ul-Banot[1]
  •  

Opa-singillar! Sizlar uchun eng zoʻr boylik va eng ulugʻ martaba, eng ulkan fazilat iffatli boʻlishdir. Iffatli ayol garchi kambagʻal boʻlsa-da, biroq maʼnaviy jihatdan badavlat hisoblanadi. Iffatsiz ayollar qanchalik badavlat boʻlishmasin el nazarida faqir va behurmat hisoblanadilar. Boʻyniga taqilgan marjon, bosh va koʻkrakka taqilgan gavhar, sandiq toʻla pullar bilan ham iffatni sotib boʻlmaydi. Iffat shunday zoʻr boylikdirki, uning aslo bahosi yoʻq.

  Olimat ul-Banot[1]
  •  

Xotinlarga xos boʻlgan eng goʻzal va qadrli bezak iffatdir. Iffati yoʻq ayol nursiz, yalangʻoch bir gavdadan oʻzga narsa emas. Iffatni saqlashga urinmagan ayollar hech qachon muhabbat va iltifotga sazovor boʻla olmaydilar.

  Olimat ul-Banot[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 182.

Adabiyotlar

tahrirlash