Muoz ibn Jabal
Sahoba, faqih, qori va muhaddis.
Muoz ibn Jabal (arab. معاذ بن جبل)(603-yil, Yasrib – 639-yil, Ash-Shuna ash-Shamaliya, Iordaniya) – Muhammad paygʻambarning sahobasi, faqih, qori va muhaddis. Jushama ibn al-Xazraj qabilasining Banu Adda ansorlaridan biri.
Muoz ibn Jabal | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qoʻyadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari eʼtiborli boʻladi. Har bir quruq va hoʻl narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istigʻfor aytadi[1].
- Dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan koʻra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla![1]
- Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi dalil, xursandlig-u xafalik paytda koʻmakchi, doʻstlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yoʻlining minorasidir[1].
- Ilm oʻrganinglar, zero uni oʻrganish – Allohdan qoʻrqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi – tasbeh, uni izlash – jihod, bilmaganga oʻrgatish – sadaqa, uni oʻz ahliga bildirish – Allohga qurbatdir[1].
- Jannat ahli dunyoda Allohni zikr qilmay oʻtkazgan bir soatiga shu qadar achinadilarki, boshqa biron narsaga shunchalik afsuslanishlarini tasavvur qilib ham boʻlmaydi[1].
- Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi oʻqi! Yana bir bor oʻqiy olishingni oʻylama. Shuni bilginki, moʻmin kishi biri bajarilgan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik oʻrtasida oʻladi[1].